Tramp kelgusi Prezidentlarga nima qoldirmoqçi?
Donald Tramp Oq uydagi maşhur iş joyi – Yassi xonani milliy tarixiy yodgorlik deb eʼlon qiliş töğrisidagi farmonni imzoladi. Uning aytişiça, ayni taşabbus kelgusi prezidentlar xona qiyofasini tubdan özgartirişi yoki buzişiga yöl qöymaydi. Binobarin, bu qaror örindiq yoki bezaklarni almaştiriş, odatiy taʼmir olib borişga taqiq qöymaydi.
Trampning ikkinçi muddati davrida xona oltin rang berilib, qayta jihozlandi. Oq uy hududida ham jiddiy özgarişlar boşlandi: Şarqiy qanot buzilib, örnida tantanali tadbirlar uçun yangi saroy qad kötaryapti. Bu loyiha sudda ham bahs keltirib çiqargan. Qiziği, Oq uy binosi allaqaçon milliy tarixiy yodgorlik maqomiga ega.
Mutaxassislar farmon keyingi yetakçilar vakolatini töliq çeklay olmasligiga urğu bergan. Amalda Amerika rahbarlari öz iş xonasida örindiq va buyumlar yoki devor bezagini özgartiriş huquqiga ega. Yirik quriliş işlari esa Kongress ruxsatini taqozo etadi. Şu bois mazkur qaror galdagi rahbarlar uçun neçoğli majburiyat yuklaşi hozirça nomaʼlum.
Musulmon Ziyo, ÖzA