Tramp: Eron hali yetarli badal to‘lamadi
Prezident Donald Tramp Eron tomonidan taqdim etilgan yangi tinchlik taklifi ko‘rib chiqilishi, biroq ushbu loyiha samarali kelishuvga olib kelishiga ishonchi pastligini bildirdi. Uning fikricha, Tehron Vashington uchun muhim hisoblangan talablarni haligacha qabul qilmagan.
Eronga yaqin manbalar 14 banddan iborat hujjat Pokiston orqali yetkazilganini aytgan. Ushbu taklif AQSHning 9 bandli rejasiga javob sifatida jo‘natilgan. Binobarin, rasmiy Tehron hozircha bu borada bayonot bergani yo‘q.
Amerika Qo‘shma Shtatlari va Eron o‘rtasidagi muzokara davom etayotgan bir payt, uch haftalik o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi hamon amalda. Ayni chog‘ Hurmuz bo‘g‘ozi atrofidagi vaziyat keskinligi saqlanib turibdi: Eron kemalardan o‘tish uchun to‘lov joriy etish taklifini kiritgan. Vashington esa buni “jahon iqtisodiyotiga bosim” deya baholadi.
AQSH ma’muriyati xalqaro tashuvchilarni Eronga to‘lov amalga oshirmaslikka chaqirib, bunday harakat sanksiyaga sabab bo‘lishini ta’kidlagan. Shu bilan birga Amerika harbiy-dengiz kuchlari Eron portlariga nisbatan qamal chorasini kuchaytirib, bir necha o‘nlab kemani orqaga qaytargani ma’lum qilindi. Shu tariqa mintaqadagi geosiyosiy taranglik yanada avj olgan.
Musulmon Ziyo, O‘zA