AQSH Prezidenti Donald Tramp Isroilning Eronga hujumi yuzasidan bayonot berdi:

— Eronga kuchli zarba berildi, mamlakatda yadroviy dastur hali ham mavjudmi yoki yo‘qmi noma’lum. Ayni payt Isroil Fordodagi uranni boyitish zavodiga ikki marta hujum uyushtirdi. Mahalliy ommaviy axborot vositalari ta’kidlashicha, havo hujumidan mudofaa tizimi shu hududda Isroil dronini urib tushirgan.

CNN muxbiri Dana Bash Donald Tramp bilan kechgan suhbat haqida gapirarkan, Amerika rahbari Isroilni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

— Isroilni hammadan ko‘p qo‘llab-quvvatlaymiz, — degan prezident. — Eron bizni tinglashi kerak edi. 60 kun muddat berilgandi, bugun 61-kun. Muzokarani davom ettirish kerak.

Eron hali AQSH bilan yadroviy bitim bo‘yicha muzokaraning oltinchi bosqichida ishtirok etish to‘g‘risida qaror qabul qilmagan. Mamlakat TIV vakili Ismoil Bag‘ay aytishicha, uchrashuv 15 iyunga rejalashtirilgan edi. Vazirlik Vashingtonni Isroil hujumiga aloqadorlikda aybladi. Tehron Isroil Qo‘shma Shtatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmasa, mintaqada bunday "tomosha" ko‘rsata olmaydi, deb hisoblaydi. AQSH bir tomondan muzokara va muloqot haqida gapiradi, boshqa tomondan mamlakatning hududiy yaxlitligiga tajovuz qiladigan rejim harakatini ma’qullaydi. Bunday yondashuv o‘z-o‘zidan muzokara ma’nosini yo‘qqa chiqaradi.

S.Poyonov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp: Eron bizni tinglashi kerak edi