Tramp Eron bilan muzokara olib boryaptimi?
AQSH Prezidenti Donald Tramp Vashington va Tehron to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot boshlaganini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida allaqachon asosiy kelishuv mavjud. Agar mazkur tashabbus amalga oshsa, yaqin kunlarda rasmiy bitim imzolanishi mumkin.
AQSH tomonidan muzokarada prezidentning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus elchisi Stiv Uitkoff hamda Jared Kushner ishtirok etmoqda. Yakshanba kuni boshlangan tadbir dushanbada ham davom etgan.
Tramp shu munosabat bilan Eronning energetika ob’ektlariga berilishi kutilgan zarba besh kun kechiktirilganini bildirdi.
Ushbu bayonot Merilend shtatidagi harbiy bazadan jo‘nab ketish oldidan jurnalistlar bilan muloqot chog‘i yangradi. Ayni payt xalqaro hamjamiyat mazkur diplomatik jarayonni diqqat bilan kuzatmoqda.
F. Yaxshiboyeva, O‘zA