Shanba kuni dunyo yetakchilari Rim Papasi Fransisk bilan vidolashish uchun Avliyo Pyotr soboriga yig‘ilganda Donald Trampning kiyinish uslubi ko‘zga tashlanib qoldi, deb yozdi “Euronews” nashri.
Boshqalar qora libos kiygan bir payt AQSH Prezidenti Vatikandagi dafn marosimi uchun qat’iy kiyinish qoidasiga amal qilmay, ko‘k kostyum va och ko‘k galstukda ko‘rinish berdi.
Aslida oliy martabali dindorning dafn marosimida erkaklar qora galstuk taqib, qora tugma qadalgan tim qora kostyum kiyishi majburiy hisoblanadi.
Ma’lumki, Tramp hech qachon diqqat markazida bo‘lish istagidan uyalmagan. Shunga qaramay, voqeani inobatga olgan holda, ko‘pchilik uning ayni tanlovini noo‘rin va shafqatsiz, deya baholadi.
Darvoqe, fevral oyida Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy Oq uyga tashrif buyurganda, Tramp uni yassi shakldagi (oval) idoraga mos kiyinmagani uchun tanqid qilgan edi.
Musulmon Ziyo, O‘zA