AQSH prezidenti Donald Tramp Ar-Riyodda Suriya yetakchisi Ahmad Ash-Shara’ bilan uchrashdi.

– Ular Trampning mintaqaga safari chog‘ida Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan Fors ko‘rfazi davlatlari rahbarlarining kengroq uchrashuvi oldidan qisqa muzokaralar olib borishdi, - dedi Oq uy rasmiysi.

Ma’lumot o‘rnida: Bill Klinton 2000 yilda Jenevada Basharning otasi Xafiz Asadni Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga ko‘ndirishga urinib ko‘rganidan beri hech bir AQSH prezidenti Suriya yetakchisi bilan uchrashmagandi.

Seshanba kuni Tramp Suriyaning ittifoqdoshlari Turkiya va Saudiya Arabistoni talablariga javoban Asad davridagi Suriyaga nisbatan qo‘yilgan “shafqatsiz” sanksiyalarni bekor qilishini aytdi. 

Suriya Tashqi ishlar vazirligi Trampning ushbu qarorini barqarorlikka erishishga yordam beradigan “asosiy burilish nuqtasi” deb e’tirof etdi.

Shuningdek, Tramp Qo‘shma Shtatlar Suriyani terrorizm homiylari qora ro‘yxatidan chiqarib tashlashi haqida hech qanday ma’lumot bermadi. 1979 yilda Falastin jangarilarini qo‘llab-quvvatlagani uchun sarmoya keskin cheklab qo‘yilgandi.

Qohiradagi “Al-Ahram” siyosiy va strategik tadqiqotlar markazi eksperti Rabha Sayf Allamning aytishicha, AQSHning sanksiyalarni yumshatishi Suriyaga jahon iqtisodiyotiga qayta integratsiyalashish imkonini beradi.

M.Pirmatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp Ash-Shara’ bilan uchrashdi