Amerika Qo‘shma Shtatlari qurol zaxirasini juda tez to‘ldira boshladi. Bu haqda Prezident Donald Trampning o‘zi bayonot berdi.
- Qurolli kuchlar rahbarlari bilan hozirgina ajoyib suhbat bo‘ldi, - deb yozgan Oq uy rahbari ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. - Bizda eng kuchli armiya mavjud. Jumladan, hozir mamlakatimiz avval hech qachon ko‘rmagan darajada qurol-yaroq to‘playapmiz. Umid qilamanki, bu aslahadan foydalanishga majbur bo‘lmaymiz!
O‘tgan yil Pentagon Ukrainani harbiy qo‘llab-quvvatlash tufayli Amerika harbiy-sanoat majmuasida qator muammolar yuzaga chiqqanini tan oldi. Xususan, armiya ehtiyoji uchun qurol-yaroq omborini saqlash, tiklash va kengaytirish qiyinlashgani ta’kidlandi. Bunday holat Vashingtonning jangovar tayyorgarligiga tahdiddir.