🏆JCH-2026⚽
Özbek
Ўзбек
Русский
English
French
German
Arabic
Қазақ
Spanish
Chinese
Sönggi yangiliklar

“Tramadol“ nima? Uni uni nega iste’mol qilishadi?

“Tramadol“ nima? Uni uni nega iste’mol qilishadi?
Jamiyat
Tanlaş
17:25 / 26.11.2019

Shifokor tavsiyasiga ko‘ra bemorlarga kuchli og‘riq qoldirish maqsadida beriladi.


“Tramadol“ dori tabletkasi o‘z tarkibida “opiy“ guruhiga mansub bo‘lgan narkotiklarni saqlaydi va albatta tibbiy maqsadda qo‘llanishi shart bo‘lgan dori vositasi hisoblanadi. Shifokor tavsiyasiga ko‘ra bemorlarga kuchli og‘riq qoldirish maqsadida beriladi. 

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, bu dori shifokor tavsiyasisiz o‘zboshimchalik bilan iste’mol qilinsa o‘ziga nisbatan qaramlikni keltirib chiqaradi. Va uni iste’mol qilgan shaxs passiv giyohvandga aylanadi – ular ham ruhan, ham jismonan tanani bardam his qilishlari uchun bu kabi dorini muntazam ravishda iste’mol qilishga majbur bo‘lishadi. Eng yomoni dastlab bir sutkada bitta tabletka iste’mol qilgan shaxs, keyinchalik o‘n-o‘n beshta, ma’lum muddatdan so‘ng elliktagacha dori iste’mol qilish darajasiga yetib boradi. Natijada inson organizmi va ruhiyatida kuchli o‘zgarishlar yuz beradi. Qolaversa, bunday psixatrop moddalar me’yoridan ortiq iste’mol qilinsa bepushtlikka ham olib borar ekan. 

Ayrimlar, ayniqsa yoshlar qiziquvchanlik qilib, axir bu tabletkaku deya, uni iste’mol qilishga qiziqib ko‘rishadi. Bunday qaror umuman noto‘g‘ri. Boisi, “Tramadol“ judayam kuchli, sintetik narkotik moddalar turkumiga kiradi. Uni iste’mol qilish oqibatida organizmda ko‘nikma hosil bo‘lib, bora-bora giyohvandlik kasaliga duchor qiladi. 

Afsuski, tibbiyotda shifo uchun qo‘llanilib kelingan “Tramadol“ dori vositasini boshqa maqsadda foydalanish tobora avj olib bormoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari bugungi kunda uning o‘rnini bosadigan boshqa dori vositalari mavjudligi va uni yaxshisi umuman iste’mol qilmaslikni tavsiya qilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, “Tramadol“ mamlakatimizda savdosi taqiqlangan narkotik moddalar ro‘yxatiga kiritilgan va uning savdosi qonun bilan qat’iyan taqiqlangan.