To‘ychiyev Olimjon Alijonovichning texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Yengil avtomobil yuritmasini tyuningli gibridlashtirish metodologiyasi” mavzusida
To‘ychiyev Olimjon Alijonovichning 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi bo‘yicha “Yengil avtomobil yuritmasini tyuningli gibridlashtirish metodologiyasi” mavzusidagi texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.03 raqamli Ilmiy kengashning 2024-yil 20-yanvar kuni soat 11:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100167, Toshkent shahri, Temiryo‘lchilar ko‘chasi, 1-uy, Toshkent davlat transport universitetining asosiy bino, 2-qavat 259-auditoriya.
Tel.: (99871) 299-00-01; faks: (99871) 293-57-54;
ye-mail: rektorat@tstu.uz