Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanida yashovchi Moʻsojon Qoraboyevning tovuq boqish borasida 20 yillik tajribasi bor.

Prezident tashrifidan soʻng

— Uchkoʻprik tumanida “Uchkoʻprik Arabqoʻrgʻoncha” va Dangʻara tumanidagi “Muhammad Roʻzali” parrandachilik fermer xoʻjaliklarimizda 50 ming boshdan ortiq tovuq boqqanmiz, — deydi u biz bilan suhbatda. — Ammo Uchkoʻprik tumanida ajratilgan 21,2 gektar yer maydoni kerakli ozuqa bazasini shakllantirish uchun yetmaydi. Shu bois bugungi kunda tovuqlar bosh soni 15 mingtaga tushib qoldi. Hozir bozorda 1 kilogramm soya kunjarasini 7 ming soʻmdan sotib olamiz. Dangʻara tumani hokimligidan yer ajratish toʻgʻrisida yordam soʻrab bir necha marotaba ariza yozganman. Lekin oʻnlab arizalarim javobsiz qolmoqda. Bizga parrandachilikni rivojlantirish uchun yana 20 gektar yer kerak.

Bu sohada baʼzi qiyinchiliklar boʻlsa-da Moʻsojon aka oʻzini boy hisoblaydi. Aynan tovuq boqib barcha orzu-havaslarini roʻyobga chiqarayotganini faxr bilan taʼkidlaydi. Hozirgi kunda ham 10 kishini ish bilan taʼminlagan.

Tumanning “Gʻijdon” mahalla fuqarolar yigʻini hududida yashovchi Ahror Ilyaminov ham 3 yildan buyon parrandachilik bilan shugʻullanadi. U boshchiligidagi “Arabqoʻrgʻoncha Sobirjon ariq” fermer xoʻjaligi tasarrufida 15 ming bosh tuxum, 5 ming bosh goʻsht yoʻnalishida tovuq boqilmoqda.

— Ozuqa bazasi, kasalliklarga qarshi emlash vositalarida muammo boʻlmasa, parrandachilik serdaromad soha, — deydi u. — Ammo menda ozuqa bazasini yaratish uchun yer muammo. Aks holda faoliyat koʻlamini hozirgidan bir necha marotaba rivojlantirish imkoniga egaman.

Darhaqiqat, bugungi kunda Uchkoʻprik tumanida 8 ta xoʻjalik subyektlari tomonidan 220 ming boshga yaqin tovuq boqiladi. Bu xoʻjaliklarga ozuqa bazasi uchun 118,7 gektar yer ajratib berilgan. Aholi xonadonlari boʻyicha esa hozircha aniq hisob-kitob yoʻq. Lekin oilalarda boqilayotgan tovuqlar soni ham kam emasligi aniq.

— Prezidentimiz joriy yilning 5-6-iyun kunlari viloyatimizga tashrifi chogʻida xalqimizning turmush farovonligini yuksaltirish boʻyicha bir qator tashabbuslar bilan chiqdi, — deydi Uchkoʻprik tumani “Chorvonasl” markazi yetakchi mutaxassisi Odiljon Aminov. — Shu asosda tumanda baliqchilik, asalarichilik, chorvachilik tarmoqlari qatorida parrandachilikni jadal rivojlantirish maqsadida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilmoqda. Parrandachilik klasteri tashkil etish boʻyicha saʼy-harakatlar boshlandi. Parrandachilik klasteri tomonidan fermer va dehqon xoʻjaliklari hamda aholi xonadonlarida zamonaviy mezonlar boʻyicha tovuq boqishni tizimli asosda kuchaytirish koʻzda tutilgan.

Joriy yil tumanda parrandachilik tarmogʻida ikkita loyihani amalga oshirish belgilanib hozirgi kunda 17 ming boshdan ziyod joʻja olib kelib boqilyapti. Shuningdek, birinchi bosqichda 1562 ta aholi xonadoniga tovuq tarqatish rejalashtirildi.

Haqiqatan ham Uchkoʻprik tumanida parrandachilik tarmogʻini yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirishga ehtiyoj bor. Misol uchun, “Husnidaxon Muattarxon” fermer xoʻjaligida 50 ming bosh tovuq boqilayotgan boʻlsa, “Ilgʻor” va “Hisor” fermer xoʻjaliklarida bor-yoʻgʻi 500 bosh tovuq boqiladi. Shaxsiy tomorqa yer egalari bilan ishlashda esa haligacha aniq bir tizim shakllanmagan.

— Tovuq boqish bobom va otamdan meros, — deydi “Hisor” fermer xoʻjaligi rahbari Abduvohid Xidirov. — Tovuq bosh sonini 2-3 mingga chiqargan paytlarimiz ham boʻlgan. Ammo ibtidoiy usulda tovuq boqish qiyinchiliklari sababli tovuqlarimiz 500 boshga tushib qoldi. Kredit soʻrab bir necha marotaba “Oʻzsanoatqurilish” bankiga murojaat qildim. Bank mutaxassislari taklif etayotgan yillik 24 foizli tijorat krediti menga ogʻirlik qiladi. “Chorvanasl” markazi tuman boʻlimidan ham juda koʻp amaliy yordam soʻradim. Ular ham quruq vaʼda berishdan nariga oʻtishmaydi.

Eʼtiborlisi, bugun Fargʻona viloyatida parrandachilik tarmogʻini yangicha mezonlar asosida rivojlantirish maqsadida ishga kirishilib, mavjud imkoniyatlar shahar-tumanlar kesimida hisob-kitob qilinyapti. Bu yaqin istiqbolda parrandachilik tarmogʻi sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarilishida muhim ahamiyatga ega.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tovuq boqishning ham muammolari bor...