Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xabarda qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Gurlan tumani bo‘limi tomonidan fuqaro G.S. tuman hokimligi zaxirasidagi yer maydonida fuqaro N.tomonidan uy-joy qurib boshlanganligi yuzasidan tuman hokimligi va kadastr idoralariga yo‘llagan murojaatlarini qaytarib olish va barcha da’volaridan voz kechish evaziga undan 6 ming AQSH dollarini tovlamachilik yo‘li bilan talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

 Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.  

 Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uzun tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktab direktori M.B. fuqaro M.M. bilan oldindan til biriktirib, ikki nafar fuqaroni tanishlari yordamida Qozog‘iston Respublikasi, Chimkent davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga ularning har biridan 1 ming 200 AQSH dollaridan jami 2 ming 400 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.  

 Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va Bektemir tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, O‘zbekiston milliy universiteti magistratura bosqichi talabasi O.R. fuqaro O.ga go‘yoki o‘zini dekanat xodimi sifatida tanishtirib, tanishlari orqali uning Qozog‘iston Respublikasi oliygohidagi o‘qishini ko‘chirib, universitetning 2-kursiga qabul qilinganligi haqida buyruq chiqartirib berish hamda fanlardan baho olib berish evaziga 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

 Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.  

Shahnoza Mamaturopova,  O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tovlamachilik yo‘li bilan 6 ming AQSH dollari talab qilgan shaxs fosh etildi