O‘tgan yili “Sardoba”dagi texnogen holatdan zarar ko‘rgan Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlari aholisi bandligini ta’minlash maqsadida Prezidentimizning topshirig‘iga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri rahbarligidagi Respublika ishchi guruhi Sirdaryo viloyatida talafot ko‘rgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush farovonligini yanada yaxshilash yuzasidan bir qator ishlarni amalga oshirmoqda.

Respublika ishchi guruhi qayta tiklangan uy-joylarda yashovchi aholini doimiy ish bilan ta’minlash yuzasidan yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Oqoltin tumanida bo‘ldi.

“Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida tumandagi toshqindan zarar ko‘rgan hududlar uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan subsidiya mablag‘lari ajratilib, aholining bandligi ta’minlanmoqda. Fuqarolar Yangi O‘zbekistonda yangicha hayot kechira boshlayapti.

Tumandagi Yangi davr mahalla fuqarolari yig‘ini hududida tashkil etilgan bir qator ishlab chiqarish kooperativlari faoliyati sababli, yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yoshlar muqim bir kasbning boshini tutib, ishli bo‘lganidan, erkin va farovon yashayotganidan behad mamnun.

“Oqoltin sport level” ana shunday ishlab chiqarish kooperativlaridan biri. Uni boshqarayotgan Yorbek Mavlonov kosiblikni akalari Azizbek va Sanjarbekdan o‘rgangan. Uch og‘a-ini botirlar 2017 yilda poyabzal ishlab chiqarish kichik sexini tashkil etgan edi. Asta-sekin ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlarga mijozlar ortib, talab ham ko‘paydi.

– Tuman hokimligi faoliyatimizni kengaytirishimiz uchun qarovsiz qolgan binoni arzon narxda ijara haqi to‘lab borish evaziga foydalanish imkoniyatini yaratib berdi, – deydi “Oqoltin sport level” ishlab chiqarish kooperativi rahbari Yorbekboy Mavlonov. – “Milliy bank”dan 90 million so‘m imtiyozli kredit olib, faoliyatimizni kengaytirmoqchi bo‘lib turganimizda, Sirdaryo viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Murodjon Muhammadiyev, kreditga qo‘shimcha, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 125 million so‘m subsidiya olib, ishlab chiqarish faoliyatini yanada kengaytirish taklifini bildirib, mahsulot sifati, turi va miqdorini ham keskin oshirish taklifini bildirdi. Biz aka-ukalar maslahatlashib, bu mablag‘ga Xitoydan eng zamonaviy poyabzal ishlab chiqarish uskunalarini olib kelib o‘rnatdik. Ijara haqqini to‘lab foydalanishimiz uchun ajratilgan bino ancha ayanchli ahvolda ekan, uni ta’mirlab normal holatga keltirib oldik.

Tumandagi “Yoshlar” va “Ayollar” daftariga kiritilgan 60 nafarga yaqin tuman fuqarolarining ana shu subsidiya mablag‘i hisobiga bandligi ta’minlandi. Ushbu kasb sir-asrorlarini qunt bilan o‘rganib olgan oqoltinlik yigit-qizlar bugunga kelib bir oyda 800-1000 juftgacha sifatli, zamonaviy oyoq kiyimlarini ishlab chiqarishda qatnashmoqda.

Kooperativning mijozlari hozircha ichki bozor vakillari. Viloyatdagi Oqoltin va Sirdaryo tumani, Guliston shahri do‘konlarida mahsulotlari xaridorgirligi bilan ajralib turayotgan bo‘lsa, bugun Toshkent shahri va Navoiy viloyatining Nurota, Zarafshon shaharlaridan ham mijozlar kelib kattagina miqdordagi mahsulotga buyurtma qilish istagini bildirgan. Ular mahsulot turi, sifati va miqdorini yanada oshirib, o‘z mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqishni maqsad qilgan.

Shu tumanda yana bir ishbilarmon ayol – Matlyuba Ergasheva rahbarligidagi kooperativi ham bor.

[gallery-2130]

– Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashashimiz uchun barcha sharoitlar yaratib berilayapti, – deydi “Matlyuba ona” ishlab chiqarish kooperativi rahbari Matlyuba Ergasheva. – Kasb-hunari yo‘q kishiga stipendiya to‘lab, kasb-hunar o‘rgatsa, hech qanday to‘lov qilmay subsidiya berib, o‘nlab ishsizni boshini biriktirib, kooperativ qilib bersa, yana chiqarayotgan mahsuloting uchun bozor ham topib bersa, daromading ortib, haftalab go‘sht ko‘rmagan qora qozoningdan go‘sht uzilmasa, yana nima kerak?

Tadbirkor ayol “Matlyuba ona” ishlab chiqarish kooperativini o‘z uyida tashkil etgan. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 70 million so‘mlik subsidiya evaziga, tikuv mashinalari, dazmol, bichuvchilik va boshqa zarur jihozlar xarid qilib, tumandagi “Ayollar daftari”ga kiritilgan 57 nafar xotin-qiz bugun yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlangan.

Tashkil topganiga hali unchalik ham ko‘p vaqt bo‘lmagan “Matlyuba ona” kooperativi a’zolari tomonidan ishlab chiqarilayotgan bejirim ayollar, erkaklar va bolalar liboslari hozircha tuman fuqarolarining buyurtmasi asosida tayyorlanmoqda.

Ammo tez orada kooperativ a’zolari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar Sirdaryo va Jizzax viloyatlari bozorlariga ham chiqarilishi rejalashtirilgan.

Oqoltin tumanidagi Saxovat mahalla fuqarolar yig‘inida parrandachilik yo‘nalishida tashkil etilgan “Zar-lochin parranda” ishlab chiqarish kooperativi ham aholi bandligini ta’minlashda ildam odimlamoqda.

– “Zar-lochin parranda” ishlab chiqarish kooperativi faoliyatini 223 million so‘m subsidiya evaziga boshladik, – deydi kooperativ rahbari Doniyor Toshpo‘latov. – Suv toshqinidan jabr ko‘rgan “Ayollar” va “Yoshlar” daftarlariga kiritilgan yuz nafar aholini ish bilan ta’minladik.

Hozirda Doniyor 3 ming donadan ortiq parrandani tuyaqushlardan alohida holda parvarishlamoqda. Ushbu subsidiya mablag‘lari hisobiga 2 ming 300 dona zotdor parranda – tovuq, o‘rdak, indyuk sotib olib, doni bilan qo‘shib kooperativga a’zo bo‘lgan yuz nafar “Ayollar”, “Yoshlar” daftarlariga kiritilgan fuqarolarga berildi.

– Men ulardan shu parrandalar tuxumlarini bozor narxining 60 foizi bahosida sotib olaman va qolgan 40 foiz evaziga ularni zarur don mahsulotlari bilan ta’minlayman va foydadan daromad foizi to‘lab boraman, – deydi Doniyor Toshpo‘latov. – Sotib olgan tuxumlarni tuyaqush tuxumi uchun olib kelingan bir ochishda 3 ming dona ochishga moslashgan maxsus inkubatorga qo‘yaman. Tovuq va o‘rdak tuxumlari 20-21 kunda, indyuk tuxumi esa 30-31 kun deganda jo‘ja ochib chiqadi. Bu zotdor jo‘jalarni o‘zim parvarish qilib, semirtirib, tuxum berishga moslashganini tuxumga kirgach, bir qismini ichki bozorlarda sotuvga chiqaraman.

Darvoqe, yosh tadbirkor Doniyor Toshpo‘latov o‘z faoliyatini yanada kengaytirib, xorij bilan shartnoma imzolashga erishdi. Zotdor parrandalarning bir qismini xorijga pullamoqchi.

Yaqin kelajakda esa, Doniyor parhez taomlari tayyorlanadigan zamonaviy talablarga to‘la javob bera oladigan oshxona ochishni rejalashtirgan. Bu yerda xushxo‘r parhezbop taomlar tayyorlanib, aholi dasturxoni to‘kin bo‘ladi, salomatligi ham muhofazalanadi. Eng muhimi, yana qo‘shimcha yangi ish o‘rni yaratiladi.

Sirdaryoda fuqarolar ana shunday erkin va farovon yashamoqda.

A.Qayumov, F.Toshmatov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshqindan zarar ko‘rgan hududlarda ahvol qanday?