Toshkentning huvillagan xiyobonlari...
Xiyobonlardan birida bir ingliz xonimni uchratdik.
Bugun Toshkentning qoq markazida joylashgan ikkita xiyobonni aylandik. Koʻnglimizni xira qiladigan jihat: afsuski, xiyobonlar odamlar bilan gavjum emas..


Xiyobonlardan birida bir ingliz xonimni uchratdik. U mazkur bogʻda joylashgan bolalar maydonchasida farzandi bilan birga oʻynar, bolasining eng shirin quvonchlariga-da hamroh boʻlayotgan edi. Gʻarblik-da u!


Ikkinchi xiyobondagi vaziyat ham taassufki kishini hayratga soladi. Na biror keksani koʻrasiz, na biror yoshni...


Rivojlangan gʻarb davlatlaridan juda koʻp sohalarni oʻrganishga, oʻzlashtirishga intildik, biroq umr neʼmatini munosib rohat, xordiq bilan bezashni oʻrgana olmadik, nazarimda...

