Toshkentlik chavandozlar – mamlakat chempionati g‘olibi
Toshkentdagi «Universal Horses Stable» majmuasida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha shaxsiy-jamoaviy yo‘nalishda O‘zbekiston chempionati bahslari bo‘lib o‘tdi.
Chempionatning murosasiz musobaqalari yakunida A’zam Tolibboyev, Alisher Erkinov, Yormuhammad Fozilxo‘jayev, Dilshod Shokirov, Xurshidjon Alimjonov, Ashrafxon Nig‘matov o‘z yo‘nalishlarida oltin medallarni qo‘lga kiritdi.

Jamoaviy bahslarda Toshkent shahri vakillari eng ko‘p ochko to‘plab, 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining chavandozlari keyingi pog‘onalarni band etdi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA