FOTOREPORTAJ
WIST (Westminster International School In Tashkent) voleybol terma jamoasi taqvim rejasiga asosan, «Invento School» bilan navbatdagi voleybol musobaqasini o‘tkazdi. O‘rtoqlik uchrashuvida qozonilgan g‘alaba voleybolchilarni «World School Games 2025» xalqaro musobaqasiga biroz bo‘lsada yaqinlashtirdi.
O‘quvchilar sport murabbiylari Murod Ochilov va Shoadham Isroilov boshchiligida bellashuvlarga astoydil hozirlik ko‘rmoqda. O‘quv yili davomida maktab voleybolchilari «British International School», «Diploma International School», «Jaloliddin School» va «Cambridge International School» kabi nufuzli maktab jamoalari bilan maydonga tushib, mahoratini namoyon etdi. Har bir uchrashuv, yangi natijalar, tajriba va strategiyalar bolalarni chiniqtirmoqda. Har bir g‘alaba esa nafaqat hisob, balki jamoaviy ruh va mustahkam irodani mustahkamlaydi.
[gallery-23588]
Asosiy maqsad o‘quvchilarni nafaqat sport, balki hayotning barcha sohalarida muvaffaqiyat qozonadigan, sog‘lom va bardam shaxs sifatida tarbiyalash. Dunyo arenasida WIST nomini munosib himoya qilish o‘quvchilar orzusi!
Toshkentdagi Vestminster xalqaro maktabi 2019 yilda tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekistonda Britaniya ta’lim standartlarini taklif qiluvchi yetakchi xalqaro ta’lim muassasalaridan biridir. Maktab Britaniyaning «Westminster School» an’analariga asoslangan global ta’lim tarmog‘ining bir qismidir.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA