Shu munosabat bilan bugun Inxa universitetida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Inxa universiteti, “School 21” raqamli texnologiyalar maktabi mas’ullari, yoshlar va jurnalistlar ishtirok etdi.

Anjumanda so‘z olganlar mamlakatimizda IT sohasini rivojlantirish va mutaxassislar tayyorlash borasida qator islohotlar amalga oshirilayotgani va bunda oliy ta’lim dargohlari, o‘rta ta’lim muassasalarining ahamiyati nihoyatda katta ekanini ta’kidladi.

Mutaxassislarning so‘ziga ko‘ra, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida IT xizmatlar va dasturiy mahsulotlar eksportini 5 milliard dollarga yetkazish maqsadi qo‘yilgan. Bunga erishish uchun IT infratuzilmasi va unga bo‘lgan bozor talabini rivojlantirish hamda xalqaro kompaniyalarni jalb qilish kabi kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Birgina joriy yilning o‘tgan to‘rt oyi davomida soha xizmatlari hajmi 20 foizga oshgan. 200 million dollarlik eksport amalga oshirilgan va 5 mingta ish o‘rni yaratilgan.

Bugungi kunda  IT sanoatining jadal rivojlanishi va kompaniyalar sonining ko‘payishi tufayli mamlakatda malakali mutaxassislarga talab ortib bormoqda. Shundan kelib chiqib, davlat tomonidan 300 mingdan ortiq IT mutaxassislarini tayyorlash vazifasi belgilangan. Soha uchun ushbu kadrlarni tayyorlashda esa “School 21”raqamli texnologiyalar maktabi faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida amalga oshirilmoqda.

“School 21” raqamli texnologiyalar maktabi boshqaruv direktori Zarina Luxmanova O‘zA muxbiriga quyidagilarni gapirib berdi:

– Toshkentda ushbu raqamli texnologiyalar maktabining ochilishi, bu–mamlakatimiz ta’lim va texnologiya sanoatini rivojlantirishda yana bir muhim qadamdir. U faqat ta’lim va innovatsiyalar orqali har bir insonning o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi mumkin bo‘lgan bilim dargohi hisoblanadi. Maktab shunchaki ta’lim beradigan joy emas, balki iqtidorli yoshlarning o‘z atrofidagi dunyoni o‘zgartirish uchun bilim, ko‘nikma va ilhom oladigan markaz darajasiga ko‘tariladi. Shu o‘rinda, malakali mutaxassislarni tayyorlash va mamlakatimizning axborot texnologiyalari sohasidagi mavqeini jahon miqyosida mustahkamlash imkonini berayotgani uchun O‘zbekiston hukumatiga o‘z minnatdorligimni bildiraman.

[gallery-17626]

Ta’kidlash lozimki, “School 21” raqamli texnologiyalar maktabi  mamlakatimizning raqamli transformatsiyasi uchun mustahkam asos yaratadi. Qariyb 8100 kvadrat metr maydonni egallagan  ushbu dargoh uzluksiz 24 soat ishlaydi. Bu esa har qanday vaqtda o‘qish imkonini beradi. 

Shu o‘rinda, raqamli texnologiyalar maktabiga qabul qilish tartiblari va ta’lim jarayonlari haqida to‘xtalib o‘tsam.  Ushbu dargoh O‘zbekiston va unga yaqin mamlakatlarda istiqomat qiluvchi 18 yoshdan oshgan barcha fuqarolarga IT sohasida talab yuqori bo‘lgan kasbni bepul egallash imkoniyatini yaratadi.

O‘qishga kirish jarayoni bir necha bosqichlardan iborat. Avvalida ishtirokchi maktab veb-saytida ariza topshiradi, xotira va mantiq bo‘yicha ikkita onlayn o‘yinlardan o‘tadi, shundan so‘ng navbat saralash  bosqichiga keladi. Unda ishtirokchilar 26 kun davomida noldan kod yozadi, o‘yin yaratadi, shuningdek, jamoaviy hamda yakka tartibda loyihalarni amalga oshiradi. Ishtirokchilarning 50 foizdan ortig‘i uchun loyihada ishtirok etish – bu dasturlashdagi ilk tajribadir.

Ushbu bosqichlar muvaffaqiyatli yakunlagandan so‘ng, ishtirokchilar asosiy ta’limga o‘tadi. Ya’ni ular 1,5-3 yil davomida mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan malakali IT muhandisi, dasturchi, ML va ishlab chiqarish bo‘yicha muhandis, IT loyiha menejeri, tahlilchi, kichik va o‘rta ishlab chiqaruvchi darajasiga yetadi. Bunday natijalarga maktabning o‘ziga xos xususiyatlari, masalan, “tengdosh-tengdoshga” o‘qitish uslubi, ya’ni bunda ishtirokchilar o‘qish paytida bir-birlaridan ham o‘rganadi. 

Toshkent shahridagi “School 21” raqamli texnologiyalar maktabi  mamlakatimizdagi ikkinchi ana shunday dargoh hisoblanadi. O‘tgan yilning dekabr oyidan ushbu loyiha Samarqandda ishga tushirildi va ayni paytda yuqori talabga ega bo‘lmoqda. Bu yerda samarqandliklar qatorida Toshkent, Buxoro, Jizzax kabi shaharlardan kelgan yoshlar tahsil olmoqda.

O‘zA muxbiri Nasiba Ziyodullayeva

 yozib oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentdagi “School 21” raqamli texnologiyalar maktabida IT-mutaxassislarini bepul tayyorlash bo‘yicha qabul boshlandi