Toshkentdagi qadimiy madrasa haqida bilasizmi?
FOTOREPORTAJ
Koʻkaldosh madrasasi Toshkent shahridagi muhtasham tarixiy obidalardan biri. Bino poytaxtimizning Chorsu maydonidagi baland tepalikda joylashgan.
Manbalarda keltirilishicha, madrasa 1551-1575-yillarda Toshkentning shayboniy sultoni Darveshxonning Koʻkaldosh (xonning koʻkal ukasi) laqabli vaziri tomonidan qurilgan.
Peshtoqdan kiraverishda chap tomonda masjid, oʻng tomonda usti gumbazli darsxonalar joylashgan. Hovlisi keng, atrofida hujralar va ochiq ayvon bor. Hovli atrofidagi 38 hujra darsxona va masjid bilan bogʻlanadi. Bino ilgari 3 qavatli boʻlib, hozirgacha uning 2 qavati saqlanib qolgan.
Mustaqillik yillarida Koʻkaldosh madrasasi oʻtmishni aks ettiruvchi meʼmoriy yodgorlik holatiga keltirilib, 1999-yildan “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.