Toşkentdagi Ona va bola salomatligi markazi xalqaro akkreditatsiyadan ötdi
Har bir jamiyatning ertangi kuni soğlom va barkamol avlodga boğliq. Ona va bola salomatligini asraş esa davlat siyosatining eng ustuvor yönalişlaridan biri. Şu bois, yurtimizda uşbu sohani rivojlantiriş va tibbiy xizmat sifatini jahon standartlariga yetkaziş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.
Mazkur saʼy-harakatlar natijasi ölaroq, Respublika ixtisoslaştirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toşkent şahar filiali nufuzli xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli ötdi.
Şu munosabat bilan ötkazilgan tadbirda muassasaning tibbiy xizmat sifatini oşiriş va xalqaro standartlarni joriy etiş borasidagi işlari qayd etildi. Bu yutuq “Accreditation Center for Quality in Healthcare” (ACQH) taşkiloti tomonidan ötkazilgan taşqi baholaş natijalari orqali töliq tasdiqlandi.
Akkreditatsiya jarayonida muassasaning klinik faoliyati, boşqaruv tizimi, sifat nazorati hamda bemorlar xavfsizligi puxta örganildi. Tekşiruv natijalari barça körsatkiçlar xalqaro talablarga töla javob berişini körsatdi.
Markazda tadbir taşkil etilib, filial rahbariyatiga xalqaro sertifikat topşirildi. Şuningdek, uşbu yutuqqa erişişda jonbozlik körsatgan faol xodimlar, patronaj doyalar hamda klinik ordinatorlar munosib taqdirlandi.
Qölga kiritilgan uşbu yutuq onalar va bolalar salomatligini muhofaza qiliş borasidagi işlarning öziga xos eʼtirofidir.
M.Qosimova,
ÖzA