Zamonaviy dunyo raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va ilg‘or hisoblash tizimlari tufayli jadal rivojlanmoqda. Shu sharoitda yuqori malakali IT-mutaxassislar fan, sanoat va biznesning turli sohalarida asosiy omillardan biriga aylanyapti.

Shundan kelib chiqib, Toshkent shahridagi “Moskva muhandislik-fizika instituti” milliy tadqiqot yadro universiteti filiali “Informatika va hisoblash texnikasi” yo‘nalishi ochildi. Shu tariqa bakalavrlar tayyorlash yo‘nalishlarining soni oltitaga yetdi.

Mazkur filial ijrochi direktori Shavkat Abdukomilovning ma’lum qilishicha, IT-dasturini joriy etish qarori mehnat bozori ehtiyojlari va O‘zbekiston iqtisodiyotini raqamlashtirish bo‘yicha strategik vazifalarning chuqur tahlili asosida qabul qilingan.

– O‘zbekiston bugungi kunda IT-mutaxassislar uchun jozibali joyga aylanmoqda, – dedi Sh.Abdukomilov. – Bu yerga xalqaro kompaniyalar ham, mustaqil ishlab chiquvchilar ham ko‘chib kelmoqda. Biz fundamental tayyorgarlikka ega mutaxassislarga yuqori talabni ko‘ryapmiz. Universitetimiz nafaqat tijorat sektorida, balki atom energetikasi, kiberxavfsizlik va murakkab texnologiya jarayonlarini boshqarish kabi strategik sohalarda ham ishlashga qodir bo‘lgan yuqori malakali IT-kadrlarni tayyorlash borasida o‘z o‘rnini egallashni maqsad qilgan.

2018 yilda tashkil etilganidan buyon Toshkent shahridagi MMFI MTYAU filiali energetika sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha yetakchi markaz sifatida o‘zini namoyon qildi. Hozirgi kunda universitetda 250 nafarga yaqin talaba “Yadro energetikasi va issiqlik fizikasi”, “Yadro fizikasi va texnologiyalari”, “Issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi” va “Elektroenergetika va elektrotexnika” yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olmoqda. 2023 yilda bakalavrlarning birinchi bitiruv marosimi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Ularning katta qismi o‘qishni dunyoning yetakchi universitetlarida davom ettirdi.

Ikki yil ichida taxminan 50 nafar bakalavr Moskvadagi MMFI MTYAU bosh universitetining magistratura dasturlarida hamda Fransiya, Italiya, Vengriya, Koreya va Xitoyning yetakchi texnik oliygohlarida tahsil olishni tanladi. Filial ma’lumotlariga ko‘ra, har yili bitiruvchilarning deyarli yarmi magistraturaga muvaffaqiyatli qabul qilinadi. Bu esa talabalarning yuqori tayyorgarlik darajasidan dalolat beradi.

IT-yo‘nalishining joriy etilishi yetakchi rossiyalik va xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlik tufayli amalga oshirildi. Jumladan, filial raqamli texnologiyalar bozorining yirik ishtirokchilari bilan amaliyot va stajirovkalarni tashkil etish masalalari bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. IT-kadrlar tayyorgarligi mustahkam matematik negizda quriladi va bu asosiy raqobatbardosh ustunliklardan biri sanaladi.

MMFI an’anaviy ravishda matematika va fizika bo‘yicha yuqori darajadagi ta’limi bilan mashhur bo‘lib, bu fundamental tayyorgarlik bitiruvchilarga muhim ustunlik beradi. Ular nafaqat dasturlash sohasida ishlay oladi, balki sun’iy intellekt, mashinani o‘rgatish va raqamli simulyatsiyalar bilan bog‘liq murakkab texnologik ishlanmalarni ham amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Yangi ta’lim dasturida fanlararo tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratiladi. Talabalar avtopilot tizimlarini ishlab chiqish, texnologik jarayonlarning raqamli prototiplarini yaratish va murakkab muhandislik ob’ektlarini boshqarishda sun’iy intellekt yechimlarini joriy etishga qaratilgan loyihalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Filialimizda reaktor ishlashini raqamli muhitda modellashtirish imkonini beruvchi VR-laboratoriya faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, AES operatorlari uchun reaktorni boshqarish pultining raqamli modeli bilan ishlash sharoiti yaratilgan.

Yangi IT-yo‘nalish bilan birga filialda “Tibbiy fizika: yadro tibbiyoti” ta’lim dasturi ham yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu istiqbolli yo‘nalish tibbiy fizika mutaxassislarini tayyorlashga qaratilgan bo‘lib, ular onkologik kasalliklarni diagnostika qilish va davolash sohasida ishlaydi. Dastur bitiruvchilari radiatsion tibbiyot, yadro diagnostika va zamonaviy nur terapiya texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha ta’lim oladi. Kelajakda ular shifoxonalar, ilmiy laboratoriyalar va ilg‘or diagnostika hamda davolash usullarini ishlab chiquvchi tibbiy texnologik kompaniyalarda faoliyat olib borishi mumkin. Rejaga ko‘ra, har bir yangi yo‘nalish bo‘yicha 2025 yilda shartnoma asosida 50 nafar talaba qabul qilinishi mo‘ljallangan.

Muxtasar aytganda, “Informatika va hisoblash texnikasi” va “Yadro tibbiyoti” dasturlari bo‘yicha yangi qabul 2025 yilda boshlanadi. Qabul jarayoni doirasida abituriyentlar ta’lim va kasbiy o‘sish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishlari uchun ochiq ma’ruzalar, taqdimotlar va sanoat vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

O‘zA muxbiri Nasiba Ziyodullayeva yozib oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentdagi oliygoh filialida axborot texnologiyalari bo‘yicha yangi yo‘nalish ochildi