Hududda uyushgan jinoyatchilik holatlari uchrab turibdi. Ayniqsa, Chilonzor tumanida jinoyat sodir etish holatlari ikki baravarga ko‘paygan.

Mamlakat poytaxti uning ko‘zgusi hisoblanadi. Shu ma’noda Toshkentga keladigan sayyohlar, xalqaro hamjamiyat vakillari shu yerdagi vaziyatga qarab mamlakatga baho beradi. 

Shu sababdan poytaxt har jihatdan namunali bo‘lishi,  xususan, tinch va osoyishtalik saqlanishi, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish muhim ahamiyatga ega. 

Poytaxtimizning Chilonzor tumanida aynan shu masalalarga bag‘ishlangan muvofiqlashtiruvchi kengashning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev raisligida o‘tgan yig‘ilishda Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov, Milliy gvardiya qo‘mondoni Rustam Jo‘rayev, vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlari, Toshkent shahar hokimiyati, Chilonzor tumani sektor rahbarlari ishtirok etdi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Bobojonovning hisoboti eshitildi.

Yig‘ilishda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda, ayniqsa poytaxtda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, ijtimoiy-siyosiy, kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlashga e’tibor qaratayotgani qayd etildi. 

Davlatimiz rahbari poytaxt tumanlariga qilgan  tashriflarida ham bu masalani shaxsan o‘rganib, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va oldini olish bo‘yicha muhim vazifalarni belgilab bermoqda. 

Ammo ayrim rahbarlarning, mas’ullarning beparvolik va loqaydlikka berilgani oqibatida so‘nggi vaqtlarda Toshkent shahrida yuzaga kelgan kriminogen vaziyat talab darajasida emas. Yig‘ilishda bu alohida qayd etilib, hududda uyushgan jinoyatchilik holatlari uchrayotgani tanqid ostiga olindi.

Ta’kidlandiki, Toshkent shahri bo‘yicha oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar soni boshqa viloyatlarga nisbatan eng ko‘p, ya’ni har 100 ming aholiga 138 tadan to‘g‘ri kelgan bir vaqtda, Chilonzor tumanida bu ko‘rsatkich shahar ko‘rsatkichidan qariyb ikki baravarga ko‘p bo‘lib, 246 tani tashkil etgan.

Pandemiya sababli joriy etilgan karantin munosabati bilan harakatlanish bir muncha cheklanib, nazorat tadbirlari kuchaytirilgan bir sharoitda Chilonzor tumanida buning aksi bo‘lgan. Kriminogen vaziyatning bunday ayanchli holatga kelgani tuman mas’ullarining o‘z ishiga o‘ta loqayd va yuzaki munosabatda bo‘lganligidan dalolat beradi. 

Oqibatda tumandagi vaziyat barqarorligi va aholi xotirjamligiga jiddiy salbiy ta’sir qiladigan mudhish jinoyatlar, jumladan, qasddan odam o‘ldirish, firibgarlik, o‘g‘irlik, bezorilik jinoyatlari hamda ayollar va ishlamaydiganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar keskin oshgan. Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, bosqinchilik, talonchilik hamda retsidiv va guruhlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar ko‘rsatkichi yuqoriligicha qolmoqda. 

Yig‘ilishda huquqbuzarliklar tahlili, sodir etilgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi va ko‘rsatkichlari, qidiruvdagi shaxslar, ochilmagan jinoyatlar, ularning sabablari va sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar tumandagi har bir hudud, shuningdek, ayollar, voyaga yetmaganlar, yoshlar va boshqa toifadagi fuqarolar kesimida tanqidiy ko‘rib chiqildi va atroflicha muhokama qilindi.

Tadbir yakunida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarning tushuntirish va izohlari tinglandi.

Raislik etuvchi tomonidan tuman hududidagi toifalangan ob’ektlar, katta bozorlar va aholi gavjum bo‘ladigan joylarda jamoat tartibi nazorat qilinishiga zamonaviy usul va vositalarni keng tatbiq etish choralari ko‘rilishi zarurligi ta’kidlandi. 

Jamoat tartibi saqlanishini ta’minlash va qidiruvdagi shaxslarni tezkor aniqlash maqsadida intellektual kameralar, dronlar, “SOS” tugmachasi va boshqa texnik vositalar bilan ta’minlash choralari ko‘rilishi yuzasidan aniq va asoslantirilgan taklif va tavsiyalar berildi.

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentdagi kriminogen vaziyat talab darajasida emas