Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. Xabarda qayd etilishicha, ayni vaqtda Mirobod va “Eski Juva” bozorlariga kuzatuv kameralarini o‘rnatish ishlari yakunlangan.
Kameralarning o‘rnatilishiga sabab, so‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ushbu yarmarkalardagi ayrim rastalarda ko‘rsatilgan narxlardan farqli narxlarda savdo qilish holatlari kuzatilayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Bu esa aholining e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.
Shu sababli, arzonlashtirilgan mahsulotlar yarmarkalarida shaffoflikni ta’minlash, narxlarni nazorat qilish va sun’iy oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qo‘shimcha choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, mazkur rastalarda kuzatuv kameralari o‘rnatilishi boshlandi, Hozirgi kunda Mirobod dehqon bozori hamda “Eski Juva” bozori (Chorsu)da kuzatuv kameralarini o‘rnatish ishlari yakunlandi.
Bu boradagi ishlar davom etmoqda va tez orada Toshkent shahrining barcha yirik bozorlaridagi arzonlashtirilgan mahsulotlar yarmarkalarida o‘rnatiladi.
Sh.Mamaturopova,
O‘zA