Poytaxtimizda "Yashil energetika O‘zbekiston – Xitoy savdo uyi"ning ochilishi bo‘lib o‘tdi.

"O‘zeltexsanoat" uyushmasi ko‘magi bilan "Sun-hightech" korxonasi Xitoyning  "Jinko Solar"  va “Sungrow”  kompaniyalari hamkorligida tashkil etilgan ushbu "Yashil energetika O‘zbekiston – Xitoy savdo uyi"ning ochilishida mahalliy va xorijlik  vakillar,  mutaxassislar  ishtirok etdi.

Tantanali marosimda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari  Mansur Hoshimov, "Sun-hightech" korxonasi direktori Elmurod Abdullayev, Xitoyning “Sungrow” kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha rahbari Sofiya Dzang xonim va boshqalar mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishga  qaratilayotgan e’tibor va bu borada amalga oshirilayotgan ishlarda O‘zbekiston va Xitoy davlatlari o‘rtasida hamkorlik alohida ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. O‘z faoliyatini boshlagan "Yashil energetika O‘zbekiston – Xitoy savdo uyi" aynan shunday manfaatli aloqalarning amaliy samarasidir.

[gallery-13599]

Ta’kidlash kerakki, keyingi yillarda quyosh elektr stansiyalarini o‘rnatishga bo‘lgan talab bir necha marotaba ortdi. O‘z navbatida, bu jarayonda quyosh elektr stansiyasini to‘g‘ri loyihalash, o‘rnatish, montaj qilish va ishga tushirish ko‘nikmasiga ega bo‘lish muhim masala hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan “Sun-hightech” korxonasi va ”Get-green energy trade”  mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘rtasida  hamkorlik shartnomasi imzolandi.

– Unga ko‘ra, ushbu savdo uyi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, bu yerda sohaga yangi kirib kelgan tadbirkorlar, ularning quyosh elektr stansiyalarini o‘rnatish bilan shug‘ullanuvchi xodimlari uchun seminar-treninglar tashkil qilinadi, – dedi  "Sun-hightech" korxonasi direktori Elmurod Abdullayev.– Shuningdek, bu maskan savdo xizmatlarini amalga oshirish barobarida mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan Xitoy kompaniyalari o‘rtasida fikr almashish va muloqot maydoniga ham aylanadi.

Tadbirda Xitoyning "Jinko Solar" kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha rahbari Maykl Vang mazkur savdo uyi o‘zbek ishbilarmonlari bilan hamkorlik qilishda katta imkoniyat yaratishini ta’kidladi.

– "Jinko Solar"  kompaniyasi dunyoda yetakchi kompaniyalar sirasiga kiradi. Kompaniya quyosh panellari va quyosh stansiyalariga oid mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Bugungi kunda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida aloqalar mustahkamlanib bormoqda. Bu esa biz uchun katta qulaylik yaratadi. Maqsadimiz yurtingiz bozorini "Jinko Solar" va “Sungrow”  kompaniyalarining sifatli mahsulotlari bilan ta’minlash. Bu jarayonda mazkur savdo uyi faoliyati hamkorligimizni mustahkamlashga xizmat qiladi, – dedi Maykl Vang.

Nasiba ZIYODULLAEVA, O‘zA muxbiri.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda "Yashil energetika O‘zbekiston – Xitoy savdo uyi" ochildi