Toshkentda yarim marafon boshlandi
Poytaxtimizda I xalqaro Toshkent yarim marafoniga start berildi.
Poytaxtimizda I xalqaro Toshkent yarim marafoniga start berildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Yengil atletika federatsiyasi, Toshkent shahar hokimligi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tashkillashtirilgan marafonda dunyoning 28 davlatidan kelgan 1650 nafardan ortiq professional va havaskor atletlar 5 va 21 kilometr masofaga yugurmoqdalar.
Mamlakatimizda yosh avlodni jismonan va maʼnan sogʻlom etib tarbiyalash, sportni rivojlantirish, bu jarayonda Olimpiya sport turlarini yanada ommalashtirish, jahon maydonlarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir isteʼdodli sportchilarni tayyorlash va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga doimiy eʼtibor qaratilmoqda
Davlatimiz rahbarining 2017 yil 9 martdagi Oʻzbekiston sportchilarini 2020 yil Tokio shahrida (Yaponiya) boʻlib oʻtadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya oʻyinlariga tayyorlashga oid, 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 10 avgustdagi “Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan Oʻzbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi qarorlari qabul qilinishi soha rivojida muhim dasturilamal boʻlmoqda.
I xalqaro Toshkent yarim marafoni doirasida Marafon doirasida imkoniyati cheklanganlar uchun 1 kilometr masofaga yugurish bahslari ham oʻtkazilmoqda. Shuningdek, ishtirokchilar, mehmonlar uchun esa turli xalq sayillari oʻtkazilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, yarim marafonda 1 oʻrindan 8 oʻringacha yetib borgan sportchilar 12 million soʻmdan 3 million soʻmgacha pul mukofoti, diplom va medallar bilan taqdirlanadi.