15 yoshgacha bo‘lgan bolalarda eshitish qobiliyatini yo‘qotish holatlarining 60 % ni profilaktika choralari yordamida oldini olish mumkin. Agar eshitish qobiliyatida nuqsoni bor bolaga umrining dastlabki uch yilida yordam ko‘rsatilmasa, bunday bola nutq bilan bog‘liq muammolarga duch kelishining ehtimoli katta bo‘lganligi tufayli, vaqt o‘tib, kar va soqov bo‘lib qolishi mumkin. Shuning uchun eshitish qobiliyatidagi nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlash kerak, bu yo‘nalishdagi eng samarali usullardan biri -yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning eshitish qobiliyatini universal skriningdan o‘tkazish hisoblanadi.

Agar birinchi bosqichda eshitish qobiliyatining nuqsonlari aniqlansa, bolalarga eshita olishlari va nutqni rivojlantira olishlariga yordam berish mumkin. Agar eshitish qobiliyatidagi nuqson bola tug‘ilgandan so‘ng 3-5 kunida aniqlansa, mutaxassislarning tavsiyalariga ko‘ra, 15-30 kuni bolani maxsus tekshiruvdan o‘tkazish va tegishli choralarni ko‘rish kerak.

«Zamin» fondi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIPIATM) bilan hamkorlikda yiliga 70 000 dan ziyod chaqaloq dunyoga keladigan Toshkent shahrida sinov loyihasini boshladi. Tibbiyot muassasalarida o‘tkazilayotgan skriningni monitoring va tahlil qilish uchun loyiha doirasida onlayn tizim ishga tushirildi. 19 nafar shifokor va 38 nafar hamshira Germaniyalik mutaxassislar tarafidan o‘tkazilgan trening-seminarlarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar shahardagi 4 ta bolalar shifoxonasida va barcha 15 ta tug‘ruq markazlarida eshitish qobiliyatining skrining tekshiruvidan o‘tkazilishi mumkin. Eshitish qobiliyatining nuqsoni aniqlansa, har bir chaqaloqqa maxsus diagnostikadan o‘tish hamda eshitish va nutqni rivojlantirishga qaratilgan zarur chora-tadbirlarni ko‘rish uchun RIPIATM ga yo‘llanma beriladi. 

Eshitish qobiliyatining skriningidan o‘tgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar RIPIATM qoshida yaratilgan treking-markazda to‘planadi va qayta ishlanadi. Ushbu loyiha 1 yillik sinov muddatidan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng respublikamizdagi barcha tug‘ruq markazlariga tadbiq qilinadi.

2020 yil 2 dekabr kuni Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida eshitish qobiliyatining skriningini o‘tkazish sinov loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. «Zamin» fondi vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva loyihaning dastlabki natijalari bilan tanishdi, tug‘ruq markazlari shifokorlari va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning ota-onalari bilan suhbatlashdi, ularga eng ezgu tilaklarni bildirdi. Shuningdek, tibbiyot xodimlariga mardonavor mehnatlari uchun alohida minnatdorchilik bildirildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda yangi tug‘ilgan chaqaloqlar eshitish qobiliyatining universal skriningini o‘tkazish sinov loyihasi boshlandi