PMTI tahliliga ko‘ra, Toshkent shahrida xonadonlar uchun ijara narxlari pasayishda davom etmoqda. Ma’lumki, o‘tgan yil xonadonlar uchun ijara narxlari o‘sa boshlagan va oktyabr oyiga kelib, o‘zining eng yuqori nuqtasiga chiqqan, so‘ngra pasaya boshlagan.

OLX.uz ma’lumotlar bazasiga muvofiq, o‘sha paytda shahar bo‘yicha o‘rtacha ta’mirlangan xonadon uchun ijara narxi 526 AQSH dollariga chiqqan edi.  

Joriy yilning mart oyida ijara uchun o‘rtacha narxlar fevral oyidagiga nisbatan 2 foizga pasaygan va 411 AQSH dollarini tashkil etgan. O‘rtacha ta’mirlangan 2 xonali uy uchun ijara narxi 340 dollardan (Sergeli) 460 dollargacha (Yakkasaroy) o‘zgargan holda Toshkent shahri uchun o‘rtacha 411 dollarni, 3 xonali uylar uchun esa narxlar 380 dollardan (Sergeli) 600 dollargacha (Mirobod) o‘zgargan holda Toshkent shahri uchun o‘rtacha 480 AQSH dollarga to‘g‘ri kelmoqda.  

Ta’mirlangan 1 xonali uy uchun o‘rtacha ijara narxi 320 dollar, 4 xonali uy uchun 600 dollar va 5 xonali uy 660 dollarni tashkil qilyapti.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda xonadonlar ijara narxlari pasaydi