18 sentyabr kuni Toshkentdagi Xalqaro biznes markazida Xitoy–O‘zbekiston xususiy fan va texnika sanoatchilari uyushmasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. “International Business Daily” gazetasi, «Yilu Culture» tashkiloti hamkorligida o‘tkazilgan mazkur tadbirda ikki davlat iqtisodiyot, savdo, fan-texnika va ta’lim sohalaridagi hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Xitoylik rahbarlar uyushmaning rivojlanish rejalari, korxonalarning texnik ustunliklari va O‘zbekiston bilan hamkorlik shartlari haqida ma’lumot berdilar. Shuningdek, xususiy fan-texnika korxonalarini globallashuv jarayonida resurslarni birlashtirish imkoniyatlari qayd etildi. 

Shu bilan birgalikda, infratuzilma, energetika hamda ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar sohalarida chuqur hamkorlik o‘rnatishga umid bildirildi. 

O‘zbekiston davlat idoralari vakillari mamlakatning hozirgi iqtisodiy siyosati, investitsiyaviy hamkorlik tendensiyalari va turli tarmoqlarni rivojlantirish rejalariga alohida e’tibor qaratdilar. Xitoylik korxonalar O‘zbekistonga investitsiya kiritish uchun aniq yo‘l-yo‘riqlar oldilar. Shu bilan birga, energetika, qurilish materiallari, logistika, to‘qimachilik sanoati va boshqa sohalardagi hamkorlik imkoniyatlari bilan o‘rtoqlashildi. 

O‘zbek ishbilarmon doiralari vakillari ikki mamlakatdagi investitsiya muhiti, ikki tomonlama savdo imkoniyatlari va qulay shart-sharoitlarni tahlil qilib, transchegaraviy investitsiyalar uchun amaliy tavsiyalarni taqdim etdilar. 

Ta’lim sohasi vakillari esa akademik hamkorlik va kadrlar tayyorlash masalalarida Toshkent davlat Sharqshunoslik universitetida o‘tgan uchrashuvda muhokamalar olib borishdi. Unda xalqaro tajriba va fan-ta’lim yo‘nalishlaridagi hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. 

Shu tariqa Xitoy bilan akademik almashinuv va kadrlar tayyorlash yo‘nalishida uzoq muddatli hamkorlikka poydevor qo‘yildi. 

Yig‘ilish Xitoy va O‘zbekiston korxonalari hamda muassasalari uchun samarali muloqot va hamkorlik platformasi sifatida xizmat qildi. 

[gallery-25385]

Barcha ishtirokchilar qatnashgan kengaytirilgan muhokamada hamkorlik bo‘yicha umumiy kelishuv mustahkamlanib, ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy, savdo va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va kengaytirishga yangi turtki bo‘ldi.

M. Eshmirzayeva, O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda Xitoy xususiy fan va texnika sanoatchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi