Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili davlat dasturida Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) bilan hamkorlikni kengaytirish vazifasi qo‘yildi.

Mazkur tashkilot migratsiya sohasida yetakchi hukumatlararo tashkilot hisoblanib, insonparvar hamda tartibli migratsiya tamoyili asosida faoliyat yuritadi. Mehnat migratsiyasi sohasidagi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘zbekiston XMTga 2018 yil 27 noyabrda a’zo bo‘ldi. O‘sha yilda XMT hamkorligida Samarqandda migratsiya bo‘yicha yangi markaz ochildi. 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Xalqaro migratsiya tashkiloti o‘rtasida Hamkorlik bitimi imzolandi.

Ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada rivojlantirish uchun ham davlat dasturiga XMT bilan amaliy hamkorlikka oid vazifalar kiritildi. Jumladan, bu yo‘nalishda mutasaddi idoralar tomonidan 2021 yil 15 iyunga qadar chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.

Unga ko‘ra, Xalqaro migratsiya tashkiloti Bosh direktorining O‘zbekistonga tashrifi tashkillashtiriladi, 2022-2023 yillarda o‘zaro hamkorlik bo‘yicha dastur imzolanadi, Toshkentda Xalqaro migratsiya tashkiloti vakolatxonasi ochiladi. 2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirish, mehnat migrantlarini ijtimoiy himoya qilishda kafolatlangan tenglik mezonlariga erishish kabi ustuvor vazifalar amalga oshiriladi.

Aytib o‘tish kerakki, Toshkentda Xalqaro migratsiya tashkiloti vakolatxonasi ochilishini tashkil etish bo‘yicha dastlabki huquqiy asos 2020 yilda imzolangan Hamkorlik bitimining 1-moddasida keltirilgan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hukumati Xalqaro migratsiya tashkilotiga O‘zbekiston Respublikasida vakolatxona ochishga ruxsat berdi.

Vakolatxonaning amalda ochilishi esa tashkilotning mamlakatimizdagi salohiyatini oshirish, migratsiya masalalari bo‘yicha maslahat xizmati, texnik hamkorlik, axborot olish, sog‘liqni saqlash, huquq, atrof-muhit hamda odam savdosiga qarshi kurashish, mahalliy va xorijiy fuqarolar migratsiyasi, ko‘chirilgan va boshqa yordamga muhtoj shaxslarga yordam ko‘rsatish, malakali inson resurslarini qaytarish kabi dasturlarni amalga oshirishga ko‘maklashadi.

Davlat dasturiga muvofiq ishlab chiqiladigan chora-tadbirlar rejasida mehnat migrantlarini ijtimoiy himoya qilishda kafolatlangan tenglik mezonlariga erishish vazifasiga ham alohida e’tibor qaratiladi.

bugungi globallashuv zamonida mehnat migratsiyasi keskin o‘sib borayotir va allaqachon o‘tkir siyosiy masalaga aylanib ulgurdi. XMT hisob-kitoblariga ko‘ra, dunyoda 164 million migrant ishchilar mavjud (2018 yilgi ma’lumot).

Shuningdek, har o‘n nafar mehnat muhojirining to‘rt nafari ayol bo‘lgan. Mehnat muhojirlarning taxminan 68 foizi yuqori daromadli mamlakatlardan qo‘nim topgan. Albatta, bu kabi millionlarni tashkil etuvchi mehnat migrantlari orasida xorijda ishlayotgan yurtdoshlarimizning ijtimoiy himoyasini ta’minlash, kafolatlangan tenglik mezonlariga erishish oson kechmaydi.

Xulosa qilib aytganda, davlatimiz tomonidan tashqi mehnat migratsiyasi tizimini yanada takomillashtirish hamda xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining mehnat va ijtimoiy huquqlarini har tomonlama himoya qilish maqsadida bir qator yangi normativ huquqiy hujjatlar qabul qilingan.

Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan o‘zaro munosabatlarni yanada yuqori bosqichga olib chiqish yo‘lidagi sa’yi-harakatlar esa fuqarolarimiz manfaatlarini samaraliroq himoya qilish imkonini beradi.

Bobomurod Avazov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda Xalqaro migratsiya tashkiloti vakolatxonasi ochiladi