Toshkentda “WTT Feeder Tashkent-2026” xalqaro turniriga start berildi
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da stol tennisi bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi “WTT Feeder Tashkent-2026” xalqaro turniri boshlandi.
Jahon stol tennisi taqvimidan o‘rin olgan musobaqada 18 davlatdan 160 nafardan ortiq professional sportchi ishtirok etmoqda. Turnirda tajribali tennischilar bilan bir qatorda xalqaro maydonda o‘z salohiyatini namoyon etishga intilayotgan yosh sportchilar ham bahs olib bormoqda.
[gallery-30561]
Musobaqaning dastlabki ikki kunida erkaklar va ayollar o‘rtasidagi yakkalik, juftlik hamda aralash juftlik bahslarining saralash bosqichi o‘tkaziladi. Saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan ishtirokchilar asosiy to‘r yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiradi.
Turnir mamlakatimizda stol tennisini rivojlantirish, sportchilarning xalqaro musobaqalarda ishtirok etish tajribasini boyitish hamda xalqaro sport tadbirlarini qabul qilish bo‘yicha O‘zbekistonning imkoniyatlarini namoyon etishga xizmat qilmoqda.
“WTT Feeder Tashkent-2026” xalqaro turniri bahslari 28-iyulga qadar davom etadi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA