Joriy yilning 13-14 iyun kunlari “O‘zekspomarkaz” markaziy ko‘rgazmalar majmuida “UZIME-2024” xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkazildi.
Savdo-sanoat palatasi ko‘magida tashkil etilgan ushbu tadbirda Xitoy mamlakatining 70 ga yaqin kompaniyasi tomonidan qurilish, sanoat uskunalari, ishlab chiqarish, tog‘-kon, energetika sohalarining eng so‘nggi yutuqlari namoyish etildi.
[gallery-17839]
Ta’kidlash lozimki, ushbu ko‘rgazma tomonlar o‘rtasida ko‘plab sohalar bo‘yicha hamkorlikni o‘rnatish va o‘zaro kelishuvga erishish imkoniyatini yaratdi.
N.Ziyodullayeva,
O.Pardayev (surat),
O‘zA