Turkmaniston – O‘zbekiston qo‘shma komissiyasi va Turkmaniston – O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishlari doirasida 15-16 iyul kunlari Toshkentda “Turkmanistonda ishlab chiqarilgan” mahsulotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Hukumat yig‘ilishida Bosh vazir o‘rinbosari B.Otdayev ta’kidlashicha, mazkur tadbir “Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar rejasi”ga muvofiq yuqori darajada erishilgan kelishuvlarni  amalga oshirish choralariga asosan tashkil qilinadi.

Prezident Serdar Berdimuhamedov O‘zbekiston Respublikasi Turkmanistonning yaqin hamkori ekanini ta’kidlab, Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bo‘yicha Turkmaniston – O‘zbekiston qo‘shma komissiyasi 18-majlisi hamda davlat rahbarlarining navbatdagi yig‘ilishiga munosib tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan ko‘rsatma bergan.

– Shu bilan birga mahalliy mahsulotlar milliy ko‘rgazmasini tashkil etish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi, – deb yozgan Turkmaniston Davlat axborot agentligi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda Turkmaniston mahsulotlari ko‘rgazmasi ochiladi