Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Bu yil yarmarkada 4 ming 600 dan ziyod korxona qatnashib, 6 mingdan ko‘p turdagi mahsulot namoyish etilmoqda. Ushbu mahsulotlar sanoat turli sohalarini qamrab oladi. 

Yarmarka O‘zbekistonning ichki iqtisodiyotni rivojlantirish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, milliy ishlab chiqaruvchilarning xalqaro bozorlardagi pozitsiyalarini mustahkamlashga qaratilgan strategik yo‘nalishini yaqqol aks ettiradi.

Tashkilotchilar inklyuzivlik va ijtimoiy mas’uliyatga katta e’tibor qaratmoqda. Ilk bor yarmarkada imkoniyati cheklangan shaxslarni qo‘llab-quvvatlovchi korxonalar uchun maxsus joy ajratildi. Ushbu sektorda 43 ta kompaniya tomonidan 350 dan ortiq mahsulot namoyish etilyapti. Bu mamlakatimizning barcha iqtisodiyot ishtirokchilari uchun teng imkoniyatlar yaratishga sodiqligini ko‘rsatadi.

Yarmarkaning ko‘rgazma qismi bilan birga, B2B va G2B formatidagi muzokaralar uchun ham maydon bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu yerda ishtirokchilar qator shartnomalar tuzish imkoniyatiga ega. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2 ming 700 ga yaqin kelishuv imzolanishi kutilmoqda. Ushbu kelishuvlar yirik tarmoqlararo loyihalardan tortib, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va diversifikatsiya qilishga qaratilgan xususiy investitsiya tashabbuslarigacha bo‘lgan yo‘nalishlarni qamrab oladi.

Yarmarkaning yana bir muhim jihati – bu nafaqat mavjud yutuqlarni, balki O‘zbekiston sanoatini o‘zgartirishga qaratilgan uzoq muddatli loyihalarni namoyish etishdir. Xususan, 2025 yilgacha amalga oshirilishi rejalashtirilgan 2 ming 158 dan ortiq tashabbuslar taqdim etilmoqda. Bu loyihalar sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan bo‘lib, mamlakatning barqaror rivojlanishga intilishini namoyon etadi.

Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi nafaqat milliy iqtisodiyot yutuqlarini ko‘rsatadi, balki bozorning barcha ishtirokchilari o‘rtasida muloqot uchun noyob sharoitlar yaratadi. 

Yarmarka 13 dekabrgacha davom etadi.

B.Xudoyberdiyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi ish boshladi