Toshkentda professional boks seminari o‘z ishini boshladi
Bugun, 11 avgust kuni poytaxtimizdagi "Hilton" mehmonxonasida mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan professional boks mutaxassis va referilari uchun seminar mashg‘ulotlari boshlandi.

Seminarning tantanali ochilish marosimida ishtirok etgan O‘zbekiston professional boks federatsiyasi raisi Umid Yakubov, WBC boshqaruv kengashi a’zosi, litvalik Oksana Semenishina hamda 350 dan oshiq chempionlik janglarini boshqargan italiyalik taniqli referi Guido Kavaleri mashg‘ulotlar mohiyati va tartibi bilan tanishtirdi. Shuningdek, yurtimizda boks sport turini rivojlantirish borasida tizimli ishlar qilinayotganini, o‘zbekistonlik mutaxassislarning jahon ringlarida ham samarali faoliyat yuritishi davr talabi ekanligini ta’kidlashdi.

Ikki kun davom etadigan seminar yakunida imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan referilarga WBCning maxsus sertifikati taqdim etiladi.
Unda mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan 22 nafar boks mutaxassisi qatnashmoqda.
T. Ro‘ziyev, O‘zA.