Taras Shevchenko gastro-turistik ko‘chasida ichki turizm yo‘nalishidagi turoperatorlar mahsulotlarini sayyohlarga taqdim etish hamda yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida yarmarka tashkil etildi.

Tadbirda yuzga yaqin turizm sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlari, kasaba uyushmalari, mehmonxona, tur operator, tur agentliklar, bank va sug‘urta kompaniyalari ishtirok etdi.

Mehmonlar karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi.

Yarmarkada turistik firmalar taqdimotlari, milliy hunarmandchilik va madaniyat markazlari ko‘rgazmalari, master-klass uchrashuvlar, “Sharq bozori” savdo yarmarkalari, “O‘zbek milliy taomlari” taqdimoti, folklor jamoalar chiqishlari namoyish etildi. 

Tadbir doirasida do‘stona ruhda tashkil etilgan B2B va B2C uchrashuvlarida sayyohlik sohasidagi hamkorlik imkoniyati muhokama qilindi. Erishilgan kelishuvlar yangi sayyohlik marshrutlarni yaratish, sayohatda innovatsion loyihalarni joriy etish kabi takliflarni o‘ziga qamrab oldi.

B.XUDOYBERDIEV, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizm yarmarkasi bo‘lib o‘tdi