Ozar kuy-qo‘shiqlari qadimiyligi, jo‘shqin va betakrorligi, o‘ziga xos jozibasi bilan dunyo xalqlari mehrini qozongan, desak yanglishmaymiz. 18 sentyabr – Ozarbayjon milliy musiqasi kuni sifatida xalqaro miqyosda nishonlanishi an’anaga aylangan. Shu munosabat bilan poytaxtimizdagi Haydar Aliyev nomli madaniyat markazida tadbir tashkil etildi. Dastlab majmuaga yig‘ilgan san’at muxlislari, keng jamoatchilik, ijodkor ziyolilar, yoshlar milliy cholg‘u asboblari bilan tanishtiruvchi “Bizning milliy musiqa” nomli ko‘rgazmani tomosha qilishdi.

Markaz direktori o‘rinbosari Nodir Alimirzayev, “O‘zbekiston – Ozarbayjon” do‘stlik jamiyati ijrochi direktori Erkin Nuriddinov va boshqalar mazkur muhim sana taniqli bastakor va musiqachi Uzayr Hojibekovning nomi va tavallud kuni bilan chambarchas bog‘liqligi, qardosh mamlakat umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev tashabbusi bilan 1995 yildan buyon muntazam o‘tkazib kelinayotganini ta’kidladilar.

E’tirof etilganidek, O‘zbekiston va Ozarbayjon madaniy-ma’rifiy aloqalari ko‘lami tobora kengayib, yangicha mazmun bilan boyimoqda. Prezident Ilhom Aliyev 22-23 avgust kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘lgani hamkorligimiz tarixida yangi sahifa ochdi. Ikki mamlakat rahbarlari farmoni asosida ikki davlat yetuk san’atkorlari yuksak mukofotlar bilan taqdirlandi.

[gallery-19330]

Aytish joiz, shu yil iyun oyida yurtimizda bo‘lib o‘tgan Ozarbayjon madaniyati kunlari ikki qardosh xalq uchun chin ma’noda do‘stlik, qardoshlik, san’at va ma’rifat bayramiga aylandi. Ushbu mamlakat san’atkorlari yurtimizda o‘tkazilayotgan “Sharq taronalari” festivalida muntazam qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqda.

Uzayr Hojibekov asari asosida 1945 yil suratga olingan “Arshin mol-olon” badiiy filmi ishtirokchilar e’tiboriga havola qilindi. Mehr-muhabbat va boshqa sof tuyg‘ularni tarannum etuvchi, beg‘ubor hazil-mutoyibaga yo‘g‘rilgan ushbu film 90 ga yaqin tilga o‘girilib, jahon kino muxlislari qalbidan chuqur joy olgan san’at asaridir.

Tadbirda qardosh xalqning jo‘shqin musiqasi namunalari – kuy-qo‘shiq va raqslar ijro etildi.

Nazokat Usmonova,

Nosirjon Haydarov (surat),

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda Ozarbayjon milliy musiqasi kuni nishonlandi