Toshkentda "Otliq kavaleriya paradi” o‘tkaziladi
Ertaga, 26 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida kuch tuzilmalari va O‘zbekiston Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi hamkorligida poytaxtimizda "Otliq kavaleriya paradi" bo‘lib o‘tadi.
Ishlab chiqilgan rejaga ko‘ra, poytaxtimizda “Otliq kavaleriya paradi"ning navbatdagi tadbiri 2 sentyabr kuni tashkil etiladi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA