Toshkentda o‘tayotgan xalqaro turnirda 20 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etmoqda
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi «Yunusobod» sport majmuasida stol tennisi bo‘yicha nufuzli «WTT Youth Contender» xalqaro turniriga start berildi. Musobaqa yosh sportchilarni bir maydonga jamlab, sport bayramiga aylandi.
Turnirda dunyoning 20 dan ortiq davlatidan kelgan iqtidorli sportchilar ishtirok etmoqda. Bellashuvlar har kuni soat 09:30 dan 20:00 ga qadar davom etadi.
[gallery-29391]
Musobaqada Markaziy Osiyo davlatlari — O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmaniston, shuningdek, Hindiston, Xitoy Taypeyi, Hongkong, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni va BAA kabi mamlakatlardan kelgan sportchilar qatnashmoqda. Shu bilan birga, Belarus, Ozarbayjon va Turkiya vakillari ham g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.
Qayd etilganidek, ishtirokchilar orasida xalqaro musobaqalarda tajriba to‘plab, yuqori natijalarga erishgan yosh sportchilar ham bor.
Yaqinda stol tennisi vatani hisoblangan London shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro musobaqalarda ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilar ham mazkur turnirda o‘z mahoratini namoyish etmoqda.
Muhammad AMIN(surat),O‘zA