FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida an’anaviy “Toshkent yozi” reyting turnirining 6 ta turi ortda qoldi.  

300 nafarga yaqin shaxmatchi “A” va “B” guruhlariga bo‘lingan holda o‘z mahoratini namoyon etayotgan reyting turnirida peshqadamlar saralanib qoldi. “A” guruhida Akbarali Abduhakimov, Davron Sharipov, Uchqun Umirovlar 6 imkoniyatdan 5,5 ochkodan jamg‘argan holda peshqadamlik qilmoqda. “B” guruhida Akrom Yo‘ldoshev barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, 6 ochko bilan yagona yetakchi bo‘lib turibdi.

[gallery-13274]

Qizlardan Ruqiya Olimova (“A” guruhi) hisobida 5 ochko bor. Guldona Karimova va Shohina Ahmedova 6 imkoniyatdan 4,5 ochko jamg‘argan. “B” guruhida Mohlaroyim Ortiqova yetakchilik qilyapti. Uning hisobida 5 ochko bor. Husnoraxon Husniddinova peshqadamdan bir ochko ortda boryapti.

Reyting turniri g‘olib va sovrindorlari 28 avgust kuni ma’lum bo‘ladi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda o‘tayotgan shaxmat turniri qizg‘in pallaga kirdi