Statistika agentligi mintaqalar bo‘yicha ish haqi darajasi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichlari Toshkent shahri (8,1 million so‘m), Navoiy, (6,5 mln. so‘m), Toshkent (4,8 mln. so‘m), Andijon viloyatlari (4,4 mln. so‘m) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (4 mln. so‘m) qayd etilgan.
Eng kam ish haqi esa Samarqand (3,7 million so‘m), Qashqadaryo (3,6 million so‘m) va Surxondaryo (3,5 million so‘m) viloyatlarida qayd etilgan.
Belgilangan davrda respublika bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi 4,9 million so‘mni tashkil etdi.
Sh.Mamaturopova,
O‘zA