Toşkentda mamlakatning eng kuçli polvonlari saralanmoqda
Toşkent şahridagi "Olimpiya şaharçasi"da sport kuraşlari böyiça kattalar örtasidagi Özbekiston çempionati davom etmoqda. Musobaqaning birinçi kuni yunon-rum kuraşi böyiça beşta vazn toifasida ğolib va sovrindorlar aniqlandi.
Jumladan, -55 kilogramm vazn toifasida Ixtiyor Botirov final bosqiçida Jasurbek Ortiqboyev ustidan zafar quçib, mamlakat çempioniga aylangan bölsa, Jasurbek kumuş medal bilan taqdirlandi. Şoirbek Hamidjonov bronza medaliga sazovor böldi.
Vazni 63 kilogrammgaça bölgan Mehroj Bahromov sönggi hal qiluvçi final bellaşuvida Aliyor Atabayevni mağlubiyatga uçratib, oltin medalni qölga kiritdi. Ularga yarim final bosqiçida imkoniyatni boy bergan Sardor Xolmurzayev va Asilbek Özbekov bronza medallariga sazovor böldi. -72 kilogramm vaznda Ilyos Abdinazarov oltin, Ahmad Qodirov kumuş, Quvonçbek Ismoilov va Javohir Pölatov bronza medallarini qölga kiritdi.
Şuningdek, çempionatning -82 kilogramm vaznida Bekmurod Rustamov, Samandar Bobonazarov, Javohir Rahimov va Jahongir Tilaboldiyev şohsupaga kötarildi. 97 kilogrammgaça vazn toifasida Behruz Barnoyevga teng keladigani topilmadi. Uşbu vazndagi kumuş va bronza medallar Botir Qandilov, Faxrikamol Komiljonov va Murodjon Alimjonovga nasib etdi.

Bugun Özbekiston çempionati doirasida yunon-rum kuraşi böyiça bellaşuvlar davom etadi. Unda polvonlar 60, 67, 77, 87 va 130 kilogramm vazn toifalarida bahs olib boradi. Ertaga, 12-noyabr kuni ayollar kuraşi böyiça -50, -53, -55, -57, -59, -62, -65, -68, -72 va -76 kilogramm vazn toifalarida ğoliblar aniqlanadi. Çempionatning erkin kuraş bahslari 13-14-noyabr kuni boşlanadi. Bellaşuvlar 10 ta vazn toifalarida ötkaziladi.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA