Ma’lumki, navqiron avlod kelajagiga rahna soluvchi illatlar qatorida giyohvandlik va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalariga ruju qo‘yish holatlari ortib borayotgani hech kimga sir emas.
Poytaxtimiz bojxonachilari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda giyohvandlik moddalari va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurash borasida dolzar tezkor tadbirlar amalga amalga oshirilmoqda.

Bojxona qo‘mitasining Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontranbadaga qarshi kurashish xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi hamda ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda poytaxtimizning Yakkasaroy tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, oldindan kuzatuvga olingan, tuman hududida harakatlanib kelayotgan “Malibu” rusumli transport vositasi belgilangan tartibda to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, mazkur transport vositasi haydovchisi 1994 yilda tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan sudlangan shaxsga tegishli bo‘lgan transport vositasining old haydovchi va yo‘lovchi o‘rindiqlari ostiga berkitilgan 23 ta polietilen paket o‘ramlarida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini borligi aniqlandi.

O‘tkazilgan tezkor tabdir davomida taxminiy qiymati 300 mln so‘mlik 479 dona “tropikamid” va 2800 dona “regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanuviga chek qo‘yildi.

Toshkent shahar Bektemir tumani “Sharq” yo‘l patrul maskanida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda oldindan olingan tezkor ma’lumotlarga asosan “Malibu” rusumli transport vositasida yo‘lovchi sifatida harakatlanib kelgan fuqaro va uning qo‘l yuklari belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, uning ustiga kiygan kiyimlarida 30 dona “tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini borligi aniqlandi.
Yuqoridagi mazkur holatlar yuzasidan tegishli protsesual hujjatlar rasmiylashtirilib, hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sh. Mamaturopova, O‘zA