Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabda 2017-2018-o‘quv yili uchun 10-sinfga qo‘shimcha qabul tanlov asosida o‘tkazilmoqda.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabda 2017-2018-o‘quv yili uchun 10-sinfga qo‘shimcha qabul tanlov asosida o‘tkazilmoqda. Imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan da’vogarlar nafaqat ta’lim olish uchun qabul qilinadi, balki 2018-yil – Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili munosabati bilan e’lon qilingan aksiya doirasida imtiyoz va preferensiyalarga ham ega bo‘ladi.

Mazkur aksiya O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab va Toshkentdagi Inha universiteti tomonidan o‘tkazilmoqda.

Maktabning 10-sinfida o‘qish uchun kirish imtihonlarida ishtirok etish istagidagi o‘quvchilar hujjatlari 2018-yil 6-yanvargacha qabul qilinadi. Kirish sinovlari doirasida barcha da’vogarlar maktab dasturi bo‘yicha fizika, matematika va ingliz tili fanlaridan yozma imtihon topshiradi. Ulardan eng yaxshilari nafaqat maktabga qabul qilinadi, balki qator imtiyozlarni ham qo‘lga kiritadi. Xususan, oylik yo‘l chiptasi va o‘qish davomida foydalanishi uchun shaxsiy komputer ham taqdim etiladi. Shuningdek, o‘quvchilar Toshkentdagi Inha universiteti o‘qituvchilari tomonidan o‘tkaziladigan fizika, matematika va ingliz tili bo‘yicha qo‘shimcha darslarda ham ishtirok etishi mumkin.

Prezidentimizning 2017-yil 14-sentabrdagi "Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabni tashkil etish to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan maktabda axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislarning yosh avlodi tarbiyalanmoqda. O‘quv muassasasi faoliyati iste’dodli yoshlar vakillarini aniqlash va ularga o‘z salohiyatini namoyon etishi uchun barcha sharoit hamda imkoniyatlar taqdim etish imkonini beradi. Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari matematika, fizika, informatika va chet tillarini chuqur o‘rganmoqda, dasturlash ko‘nikmasini o‘zlashtirmoqda, ma’lumotlar bazasini yaratish va axborot xavfsizligini ta’minlashga oid boshlang‘ich bilimlarga ega bo‘lmoqda. O‘quv sinflari va auditoriyalar eng zamonaviy texnika va uskunalar bilan ta’minlangan bo‘lib, bu mashg‘ulot vaqtida ta’lim jarayonining sifatini oshirishga xizmat qiluvchi ilg‘or axborot va pedagogik texnologiyalarni qo‘llash imkonini beradi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda ixtisoslashtirilgan maktab 10-sinfga qo‘shimcha qabul e’lon qildi. Kirganlarga komputer va oylik yo‘l chiptasi beriladi