Poytaxtimizda Euronews telekanalining Toshkent ofisi ochilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ullari, xorijiy va mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari xodimlari, yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlarning vakillari taklif etildi.

Ma’lumki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlariga yo‘llagan tabrigida global ijtimoiy-siyosiy jarayonlar beqiyos shiddat bilan o‘zgarayotgan hozirgi o‘ta murakkab va notinch dunyoda ommaviy axborot vositalarining o‘rni va ta’siri har qachongidan ham kuchli ahamiyat kasb etayotganini alohida ta’kidladi.

Shu ma’noda bugungi kunda yurtimiz media makonida jahonning yetakchi ommaviy axborot vositalari bilan uzviy hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi davlat axborot siyosatining ustuvor yo‘nalishlarni ilgari surish maqsadida "Euronews" media-xoldingi bilan hamkorlik doirasida kompleks axborot kampaniyasini amalga oshirmoqda.

Mamlakatimizdagi asosiy tashabbus va islohotlar, erishilayotgan natijalarni yoritishda, shuningdek, mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘si, nufuzi va mavqeini tobora yuksaltirishda, yurtimizning jahondagi ijobiy imijini shakllantirish maqsadida bir qator amaliy ishlarni olib bormoqda.

Euronewsning poytaxtimizdagi ofisining ochilishida ta’kidlanganidek, keyingi yillarda jahonga yangilanayotgan O‘zbekiston sifatida tanilayotgan mamlakatimizda ko‘plab xorijiy media tuzilmalar samarali faoliyati ko‘rsatmoqda. Ayni paytda yetakchi axborot agentliklari, telekanallar xorijdagi ommaviy axborot vositalari bilan uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu esa axborot olamidagi media materiallar almashinuvida, ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirishda, yurtimizdagi voqeliklarni tezkor va joyida yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur telekanal Direktorlar kengashining raisi Pedro Vargas Davidning aytishicha, Euronewsning Toshkent ofisi ochilishi alohida ahamiyatga ega bo‘lib, bu mamlakatlarimiz o‘rtasida o‘ziga xos media ko‘prik vazifasini o‘tashi shubhasiz. Shuni ham aytish kerakki, Euronews bu nainki axborot makoni, balki madaniyatlar, sivilizatsiyalarning o‘zaro muloqot o‘rnatgan, tutashgan makonidir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot kotibi Sherzod Asadov keyingi yillarda mamlakatimizda jamiyat hayotining barcha jabhalari kabi matbuot va so‘z erkinligini amalda ta’minlash, ommaviy axborot vositalari xodimlarining erkin va samarali faoliyati uchun barcha zarur sharoit va imkoniyatlar qaratilayotganini ta’kidladi. Ayni paytda jurnalistika sohasida ham xalqaro hamkorlik aloqalari tobora kengayib bormoqda.

Euronewsning Toshkentda ofisi ochilishi yurtimizdagi islohotlar, yangilanish jarayonlarini jahon miqyosida kengroq yoritish imkonini berishi shubhasiz.

- Bugungi globallashuv davrida dunyoning hech bir mamlakati axborot makonida ham alohida o‘z holicha faoliyat ko‘rsata olmaydi, - dedi BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Sabine Maxl. - O‘zbekiston barcha davlatlar kabi Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan ham samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Euronewsning Toshkentdagi ofisi ochilishi Yevropa mamlakatlari bilan o‘zaro muloqotni ta’minlashga qaratilgan platformaga aylanadi.

Darhaqiqat, Yevropa Ittifoqining eng yetakchi telekanallardan bo‘lgan ushbu media tuzilma kun davomida uzluksiz axborot - video va audio kontentlarni tayyorlab tarqatuvchi ommaviy axborot vositasi sanaladi. Ushbu telekanal jahonning o‘ndan ortiq tilida axborot tarqatadi.

Tantanali tadbirda Euronews muxbirlari tomonidan O‘zbekistonda kechayotgan yangilanish jarayonlari, islohotlar, keng qamrovli o‘zgarishlarga oid videoreportajlardan lavhalar bilan tanishish imkoni yaratildi.

Tadbirda san’at ustalari va ijrochi yoshlar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.

Nazokat Usmonova, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda Euronewsning ofisi ochildi