Toshkentda AQUATHLON – 2019 turniri bo‘lib o‘tdi
Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida "AQUATHLON – 2019" musobaqasining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.
Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida "AQUATHLON – 2019" musobaqasining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.
O‘zbekiston triatlon federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan mazkur turnirda mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan 200 ga yaqin sportchilar 800 metrga suzish va 1,500 metrga yugurish bo‘yicha bahs olib bordi.
To‘rt yosh toifasida o‘tkazilgan musobaqadan ko‘zlangan maqsad oldinda turgan yangi mavsum uchun terma jamoaga yangi nomzod sportchilarni saralab olish va ularning imkoniyatlarini ko‘zdan kechirishdir.
Turnir davomida Shohjahon Yoqubov va Nilufar Tolibjonova 11-14 yoshlilar o‘rtasida g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, 15-17 yoshli sportchilar orasida Kamron Xo‘jaev hamda Latofat Sodiqovaga teng keladigani topilmadi.
Shuningdek, 18-25 yosh toifasida Aleksandr Rashetnikov va Yekaterina Ryazanova, 26-32 yoshda faqatgina Shohruh Yunusov shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.