Toshkentda 400 dan ortiq shaxmatchi o‘zaro bellashmoqda
Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida shaxmat bo‘yicha an’anaviy “Toshkent yozi” reyting turniri start oldi. Unda 400 dan ortiq shaxmatchi ikki guruhga bo‘lingan holda bellashmoqda.
1-tur yakunlariga ko‘ra, Aziza Azimjonova, Malika Norqulova, Musharraf Botirova, Soliha Fazliddinova, Odina Olimova, Marjona Mirzahoshimova, Ra’no Saidvaliyeva, Rahmatjon Rahimov, Halim To‘rayev, Umar Isomov, Doniyor Safarov, Uchqun Umirov, Qurbon Abdullayev, Muhammadrizo Umarov kabi shaxmatchilar raqiblaridan ustun keldi.
Reyting turniri 11 iyunga qadar davom etadi.
Muhammad AMIN (surat),O‘zA