Poytaxtimizda O‘zbekiston va Yaponiya hukumatlari o‘rtasida uchrashuv hamda ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi o‘tkazildi.

Xususan, ushbu muzokaralar asnosida Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbuskorligida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan “Respublika ixtisoslashtirilgan nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markazini tashkil etish” loyihasi uchun Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan qariyb 150 mln. AQSH dollari ekvivalentida investitsiya kiritiladigan bo‘ldi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari J.Xodjayev, Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Qudratov, Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari F.Toshpo‘latov, JICA prezidenti A.Tanaka hamda ushbu agentlikning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Yo.Bito hamda Yaponiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi T.Xatori ishtirok etdi.

Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilganidek, ushbu loyiha doirasida Toshkent shahrida 250 o‘ringa ega, 600 nafardan ortiq tibbiyot xodimlarini o‘zida jamlagan, nevrologiya va insult holatidagi bemorlarga kasallikning o‘tkir davridan to reabilitatsiya davrigacha bo‘lgan uzluksiz-tizimli tibbiy yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan bino qad rostlashi kutilmoqda.

Mazkur yirik muassasada simulyatsion trening-markaz ham tashkil etilib, eng ilg‘or tibbiy jihozlar bilan ta’minlanadi. Shuningdek, bu yerda tor soha mutaxassislarini tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Muassasani boshqarish uchun birinchi besh yillikda Yaponiyadan sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha 5 nafar yetuk menejer jalb qilinishi, shuningdek, 150 nafar mahalliy tibbiyot xodimining kunchiqar yurtda malaka oshirib qaytishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vaziri A.Xudoyorov va JICA prezidenti A.Tanaka o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar asosida nafaqat ushbu markaz va uning hududiy bo‘limlarini qurish va jihozlash, balki tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish, mutaxassislar malakasini oshirish va milliy klinik protokollarni yaratish, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarini mammograf jihozlari bilan ta’minlash, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi, neyroxirurgiya, endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va ularning hududiy filiallari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, kadrlar salohiyatini oshirish kabi qator loyihalarni ro‘yobga chiqarish uchun yana qo‘shimcha 500 million dollar miqdorida mablag‘ ajratilishi yuzasidan kelishuvga erishildi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda 250 o‘ringa ega Nevrologiya va insult markazi quriladi