Toşkentda 120 gektar yerda yangi köçatxonalar taşkil etiladi
Qişloq xöjaligi vaziri Toşkentda “Yaşil makon” loyihasining yangi bosqiçi bilan tanişdi. Poytaxtning har bir tumanida köçat yetiştiriş yölga qöyilib, şahar ekologiyasiga ilmiy yondaşuv asosida yaşil yeçimlar topiladi.
Qişloq xöjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Bektemir tumanida bölib, “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida Toşkent şahrida amalga oşirilayotgan kökalamzorlaştiriş işlari hamda yangi taşabbuslar bilan tanişdi. Uşbu taşabbusga köra, Toşkentning barça tumanlarida manzarali daraxt va buta köçatlari yetiştiriladi. Buning uçun tumanlarga jami 120 gektar yer ajratilgan. Uşbu maydonlarda 100 ga yaqin turdagi manzarali köçatlarni parvarişlaş rejalaştirilgan. Har bir tuman öz ehtiyoji va hududiy şaroitidan kelib çiqib, zarur köçat turlarini tanlab, ularni parvarişlaydi.

Loyihani amalga oşirişda Qişloq xöjaligi vazirligi, uning tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari, markazlar va mutaxassislarga yaqindan kömak beradi. Dastlab, ajratilgan yer maydonlarida tuproq tahlillari ötkazilib, uning tarkibi va xususiyatlari örganiladi. Olingan natijalar asosida qaysi hududda qanday manzarali daraxt va buta turlarini yetiştiriş maqsadga muvofiqligi böyiça ilmiy tavsiyalar işlab çiqiladi. Mutaxassislar köçatlarni uruğidan yetiştirişdan boşlab, parvarişlaş, kasallik va zararkunandalardan himoya qiliş, köçirib ötqazişga tayyorlaş hamda keyingi parvariş jarayonlari böyiça amaliy yordam körsatadi. Bunda vazirlik tizimidagi ilmiy muassasa va markazlar salohiyatidan foydalaniladi.

Vazir loyihani amalga oşirişda ilmiy yondaşuvga tayaniş, har bir hududning tuproq-iqlim şaroitini hisobga oliş hamda köçatlarning mahalliy muhitga moslaşuvçanligiga alohida eʼtibor qaratiş zarurligini taʼkidladi. Şuningdek, uşbu jarayonda barça tegişli taşkilotlar faoliyatini özaro muvofiqlaştiriş muhimligini qayd etdi. Taşrif davomida Toşkentdagi mavjud yaşil hududlarni saqlaş va köpaytiriş, yöl böylari hamda jamoat joylarida ekilgan daraxtlarni muntazam parvarişlaş masalalari ham muhokama qilindi. Daraxtlarning yaşovçanligini taʼminlaş, ularni asrab-avaylaş va şahar havosining musaffoligini saqlaşga qaratilgan çora-tadbirlarni kuçaytiriş böyiça takliflar berildi.
Uşbu taşabbus Toşkentni manzarali köçatlar bilan barqaror taʼminlaş, kökalamzorlaştiriş işlarida mahalliy imkoniyatlardan samarali foydalaniş hamda poytaxtning ekologik muhitini yaxşilaşga xizmat qiladi.
Sanjar Toşpölatov,
ÖzA