Toshkent xalqaro turnir mezboni
Poytaxtimizdagi "Janggoh" sport arenasida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, mamlakatimiz penchak silat federatsiyasi tomonidan O‘rta Osiyo ochiq chempionati o‘tkaziladi.
Poytaxtimizdagi "Janggoh" sport arenasida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, mamlakatimiz penchak silat federatsiyasi tomonidan O‘rta Osiyo ochiq chempionati o‘tkaziladi.

Penchak silat bo‘yicha o‘tadigan chempionatda Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Tojikiston va Turkmanistondan kelgan 150 nafarga yaqin sportchi bilan birga O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham g‘oliblik uchun kuch sinashadi.
Musobaqaning ochilish marosimi 30 mart kuni soat 14:00 da bo‘lib o‘tadi. Unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston estrada yulduzlari ishtirokida katta konsert dasturi namoyish etilishi rejalashtirilgan.