Toshkent xalqaro kinofestivaliga start berildi
«O‘zbekfilm» kinokonsernida “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali oldidan OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.
Anjumandan avval, kinoijodkorlar, mutaxassislar va OAV vakillari uchun bayram dasturxoni tashkil etildi. Shundan so‘ng, matbuot anjumani o‘tkazildi.
Kinofestivalga tashrif buyuradigan mehmonlar, dastur doirasida namoyish etiladigan filmlar va boshqa tadbirlar haqida OAV vakillariga to‘liq ma’lumot berildi. Mazkur mehmonlar qatorida biz sevib tomosha qiladigan hind va turk kinoyulduzlarini ko‘rishimiz mumkin. Ular orasida Mithun Chakraborti , Huma Qureshi , Sanjay Gupta, O‘zjan Deniz, Serdar O‘rtach, Melisa Asli Pampuk, Nazan Kesal, Filez Ahmet va boshqalar bor.
Mamlakatlardan kinofestivalga 150 dan ziyod mashhur kinoijodkor kelishi kutilmoqda. Ular orasida rejissyorlar, aktyorlar, prodyuserlar, xalqaro kinofestivallar, tashkilotlar, distribyutor kompaniyalarining vakillari bor. Ularning nomlari bugun ommaviy axborot vakillariga tanishtirildi.
D. Mamatova, O‘zA