Yuqori Chirchiq tumani T.G.Xvan mahalla fuqarolari yig‘inida joylashgan bu bino Ichki ishlar organining mahalliy idorasi hisoblanadi. Uni sobiq militsiya mayori, 90 yoshli Sabriddin Nosirov tashkil qilgan.

Ushbu muzey binosi 1962 yilda qurilgan bo‘lib, dastlab tikuv sexi, pochta aloqa bo‘limi bo‘lgan. 1971 yilda esa qishloq tayanch punkti tashkil etilgan. Shundan so‘ng, 1973 yil 3 oktyabr kuni ushbu tayanch punktiga sobiq SSSR Ichki ishlar vaziri, general-polkovnik N.A.Sholokov tashrifida kichik leytenant Nosirov Sabriddin Gapparovich bilan suhbatlashib, kapitan unvonini bergan.  

Tayanch punkti ish boshlagach, 11 ta xorijiy davlatlardan, ya’ni Germaniya, Rossiya, V’etnam, Hindiston, Yaponiya va qator chet davlatlardan Oliy martabali mehmonlar, 14 ta Respublika Ichki ishlar vazirligi rahbarlari shu yerga kelib, punkt faoliyati bilan tanishgan edi. O‘sha paytlarda tumanda 3 ta profilaktika inspektori faoliyat yuritib, kapitan S.Nosirovga xizmat oti biriktirilgan. U 17 ta qishloq, 5 ta umumta’lim maktabi va u yerda ta’lim oluvchi 3,5 mingga yaqin o‘quvchilarga mas’ul edi. Sabriddin ota o‘z davrida qishloq soveti raisi, Sovet ittifoqi qahramoni Xvan Man Gыm bilan hamkorlikda ish faoliyatini havas qilarli darajada olib borgan.  

Muzeyning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari, polkovnik N.To‘raxo‘jayev, Toshkent viloyati IIBB boshlig‘i, general mayor T.Aripov, tuman hokimi U.Atemov, S.Nosirov, soha vakillari va hudud faollari qatnashdi.  

Qishloq tayanch punkti tarix muzeyiga kirar ekansiz, o‘sha davrning fotojamlanmalari, texnik uskunalar, maxsus kiyimlar hamda videolavhalarning guvohi bo‘lasiz.  

A.Musayev,O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyatida tarix muzeyi tashkil etildi