Prezidentimiz rahbarligida joriy yilning 16 oktyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida hududlarda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlash yuzasidan berilgan topshiriqlarga asosan Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani hokimligi va Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurash departamenti tuman bo‘limi, sektor rahbarlari tashabbusi bilan “Kim Pen Xva”, “Qorasuv”, “Tinchlik”, “O‘rtaovul”, “Oltio‘g‘il” mahallalarida hudud fermerlari va tadbirkorlari tomonidan arzonlashtirilgan oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkalari tashkil etilmoqda.

Mazkur yarmarkalar “O’rta Chirchiq oziq-ovqat ta’minot savdo” DUK tomonidan 20 xildan ortiq asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanmoqda. Ushbu savdolarda fuqarolar o‘zlarining kunlik ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan go‘sht, tuxum, yog‘, kartoshka, piyoz, sabzi va boshqa mahsulotlarni arzon narxlarda xarid qilishi mumkin. Mol va qo‘y go‘shtlari 50-55 ming so‘mdan, tovuq go‘shti 18 ming so‘m, kartoshka 3 ming 500 so‘m, piyoz, karam, turp va sabzi 1 ming 500 so‘mdan va boshqa mahsulotlar arzonlashtirilgan narxlarda aholi iste’moliga yetkazib berilmoqda.

– Yangi yil bayrami arafasida iste’mol tovarlariga bo‘lgan talab yuqoriligini inobatga olib, asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini kafolatli yetkazib berish uchun birinchi navbatda o‘simlik yog‘i, shakar, un, kartoshka, guruch va boshqa zarur mahsulotlarni sotib olish, kamida 3 oylik zaxira shakllantirish choralarini ko‘rmoqdamiz deydi, – tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Ixtiyor Qosimov. – Bundan tashqari, tumanimizdagi 65 ta mahallaga arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasini o‘tkazish bo‘yicha reja-grafik ishlab chiqilgan.

O‘rta Chirchiq tumanida 2020-2021 yil qish va bahor mavsumiga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish bo‘yicha barcha kuchlar ishga solinmoqda. Jumladan, qish va bahor mavsumiga hozirga qadar "Salanuz" MCHJ tomonidan kartoshka 1 ming 746 tonna, piyoz 958 tonna, 705 tonna sabzi, "Sholi invest", “Baraka Don Agro Klaster” va "GOLD-GRANATE" MCHJlar tomonidan 302 tonna guruch zaxirasi rejadan ko‘proq jamlangan. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash yo‘nalishida hududda 10 ming 740 tonna sig‘imga ega bo‘lgan 8 ta zamonaviy muzlatkichli hamda 30 dan ortiq tadbirkorlik sub’ektlarida 20 ming tonna sig‘imga ega bo‘lgan omborxonalar mavjud.

Shuningdek, Oliy Majlis Senati a’zosi Malika Qodirxonova rahbarligidagi ishchi guruh a’zolari Ohangaron shahrida bo‘lib, aholini oziq-ovqat mahsulotlari va energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha tashkil etilgan shahar shtabi faoliyati bilan tanishdi. Hududda oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasi va dehqon bozoridagi narx-navoni o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida mavjud kamchiliklar yuzasidan chora-tadbirlar belgilanib, sektor rahbarlariga tegishli tavsiyalar berildi. Narx-navo barqarorligi shahar sektor rahbarlari tomonidan nazoratga olingan. Xususan, Ohangaron dehqon bozorida tashkil etilgan savdo yarmarkasida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan kartoshka 3 ming 500 so‘m, piyoz 1 ming 500 so‘m, mol go‘shti 47 ming so‘m, shakar 6 ming 100 so‘m, tuxum ming so‘m, paxta yog‘ (5 litr) 54 ming so‘mdan sotilmoqda.

A.Musayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyatida arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari ish boshladi